G‘O‘ZANING KK-3535 NAVI. Vegetativ biologik pishish davri - 115-118 kun. Sovuq tushgunga qadar hosildorlik - 27,0-30,0 s/ga. Umumiy hosildorlik 40,0-42,0 s/ga. O‘simlik balandligi 110-115 sm. Bitta ko‘sak og‘irligi 6,8-7,2 g. Tola chiqishi 37,0-38,0%. Tola uzunligi 33,0-33,5 mm. Tola pishiqligi -4,6 g.k. Metrik raqami - 5750-5800. Tolaning uzilish kuchi. 25,0-26,0 g.k./teks. Mikroneyr -4,6. 1000 dona urug‘ vazni. 120-150 gr. Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan 2022 yildan davlat reyestriga istiqbolli nav sifatida kiritilgan.
BatafsilTaxiatosh tumani Naymankol OFY hududidagi "Artiqbay Tumaloq" fermer xo‘jaligida Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus loyihasi doirasida "Jivamrit va bokashi tayyorlash hamda qo'llash usuli" bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda QR AKIS markazi mutaxassislari, M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning Qoraqalpoq ITS olimlari, tuman qishloq xo'jaligi bo'limi mutaxassislari, fermer va dehqonlar ishtirok etdi. Seminarda Taxiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumanlari agromaslahatchisi Sh.Kamalov tomonidan fermerlarga tuproq, suv, shakar, go'ng, mol peshobi, bioo'g'itni jamlagan holda "Jivamrit va bokashi" tayyorlab ko'rsatildi hamda qishloq xo'jaligida Jivamrit va bokashining ahamiyati va qo'llash usullari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Seminar davomida dehqon va fermer xo‘jaligi rahbarlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
Batafsil1. Sho‘rlangan yerlarning sho‘rini yuvishni amalga oshirishdan oldin✅dala tuprog‘i sho‘rlanishini✅tuproq mexanik tarkibini✅sho‘r yuvishda foydalanilgan suvning chiqaribyuborilishini, ya’ni drenajning ishchi holatini✅sizot suvlarining chuqurliginianiqlash hamda sho‘r yuvish texnologiyasinito‘g‘ri tanlash zarur.2. Sho‘r yuvishni sizot suvlari chuqur joylashgan davrlarda olib borish lozim.3. Bundan tashqari, kuzda yerni chuqur yumshatish kerak yoki plantaj haydashni amalga oshirish mumkin.4. Sho‘rlanmagan va kuchsiz sho‘rlagan yerlarda bahorda yaxob suvi berishning o‘zi yetarli, bunda suv hajmi, tuproqning mexanik tarkibiga (g‘ovakliligi) va sizot suvlarining xolatiga bog‘liq bo‘lgan aeratsiya zonasining erkin hajmiga qarab aniqlanadi.Tavsiyalar Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston mintaqaviy markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Batafsil2026-yil mart oyida barcha tumanlarda erta bahorda bog‘dorchilik va ko‘chatchilik sohasida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi. Seminarlar davomida mevali daraxtlarga to‘g‘ri shakl berish, mavsumiy kesish ishlari, zararkunanda va kasalliklar tarqalishining oldini olish hamda qarshi kurashish, organik va mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash hamda sug‘orishning samarali usullari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, seminarlar davomida ko‘chat ekishga yerni tayyorlash, ko‘chat ekish va yosh nihollarni parvarishlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi.
BatafsilQonliko‘l tumani Sari oltin OFY hududidagi Barakali Sari oltin fermer xo‘jaligida "2026-yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarida bugungi kunda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar shu hududdagi fermerlar ishtirokida o‘tkazilib, QR AKIS markazi mutaxassisi N.Nurimbetov tomonidan fermerlarga kuzgi bug‘doyning holati, rivojlanish fazasi, hududning tuproq-iqlim sharoitlariga qarab yillik azotli o‘g‘itlar me’yorining 35-40 foizini berish, qo‘shimcha oziqlantirish va kelgusida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi AKIS markazining Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda kuzgi bug‘doy parvarishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalari fermerlarga tarqatildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2026 yildagi PQ-87-son Qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari mol-mulk solig‘i hamda ular egallagan yer uchastkalari yer solig‘idan ozod qilinadi;ipakchilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 70 foizini tashkil etgan ipakchilik korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz miqdorida belgilanadi;ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada belgilanadi. Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar ipak qurti urug‘larini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining mazkur faoliyatdan olgan daromadi daromad va ijtimoiy soliqlarning soliqqa solish obyekti sifatida hisoblanmaydi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2025-yil 13-dekabrda tasdiqlangan 01/26-2-221-sonli “Chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shomanay tumanida joylashgan “Ran-omad” MCHJda yoshlarning zamonaviy issiqxonalar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi. O‘quv seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIning Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan yoshlarga issiqxona xo‘jaligida mikroiqlimni boshqarish (harorat, namlik), urug‘ ekish va ko‘chat yetishtirish, tomchilatib sug‘orish va o‘g‘itlash, vegetatsiyani boshqarish, issiqxonada kuzatiladigan kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash usullari, aqlli va avtomatlashtirilgan-issiqxona texnologiyalari, issiqxona qurish, pomidor, bodring, ko‘chat va boshqa sabzavotlarni yetishtirish hamda bozorgacha yetkazib berish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2025-yildagi PF-181-son Farmoni 2-bandida Issiqxona xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish belgilangan. Batafsil: https://lex.uz/uz/docs/-7761763
BatafsilJoriy yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida barcha tuman fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A.Jumanazarov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xalimbetov rahbarligida olib borilib, QR AKIS markazi, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. Seminar davomida qishloq xo‘jaligi sohasi olimi, professor-o‘qituvchilar tomonidan eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksportbop ekinlarga qo‘yiladigan karantin talablari, ekinlarni saqlash, qayta ishlash, shartnomalar tuzish, ichki va tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, g‘o‘za parvarishida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, noan’anaviy o‘g‘itlarni qo‘llash, hududimizga olib kelinayotgan paxta terish mashinalari tavsifi va paxtani mashina bilan terib olishdagi talablar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olindi va fikr-mulohazalar bildirildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2025 yildagi “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-370-son qarori 2-bandida 2026-yil hosilidan boshlab: (a) tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov ta’minoti taqdim etiladi; (b) paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda: (i) imtiyozli kreditlar Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurslari hisobidan tijorat banklari orqali har yili yanvar — avgust oylarida ajratiladi; (ii) Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-oktabrga qadar (2026-yil uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar) kelgusi hosil yili uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va agrotexnik tadbirlarning muddatlarini hisobga olgan holda xarajatlarning me’yorlari bo‘yicha agrotexnik xaritalarni tasdiqlaydi; (v) yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi. Bunda fermer xo‘jaliklari minimal hosildorlik bo‘yicha talablarni bajarishi shart.
BatafsilQora-ola qoramol zoti – Respublika iqlimiga moslashgan sut yo‘nalishidagi qoramol bo‘lib, jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq. Tusi qora-ola. Sigirlarining sut sog‘imi 3500-4500 litr (sersut sigirlariniki 15–17 ming litrga yetadi). Buqalarning vazni 800-1000 kg, sigirlariniki 400-600 kg. Go‘sht mahsuldorligi yuqori (so‘yim chiqimi 54–58%).
BatafsilKUZGI BUG‘DOYNING «ARAL» NAVI Vegetatsiya davri-242-252 kunO‘simlik bo‘yi -90-100 smSovuqqa chidamliligi -95,5-97,0 %1000 dona don vazni -45,5-42,7 grHosildorlik -65,0-68,0 s/gaKleykovina -29,0-31,0%Oqsil -14,5-15,4% Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari tomonidan yaratilganMualliflar: A.A.Amonov, A.Z.Fayzullayev, Ram Sharma, Y.P.Sadikov, B.A.Bekbanov, S.M.Xalikulov, Z.M.Ziyoyev.
Batafsil2026-yilning 2-4-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarligida QR AKIS markazi direktori va tuman agromaslahatchilari, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi olimlari ishtirokida klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbariga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida 2026-yil hosili uchun kuzgi ekinlardan yuqori hosil yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar hamda sug‘orish tartiblari” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.Seminarda g‘alla yetishtirishni to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish, yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar vakillari, qishloq xo‘jaligi xodimlari va soha mutaxassislari dala sharoitida amaliy takliflar va ilg‘or tajribalar bilan tanishdi hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Batafsil“Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–370-son, 09.12.2025 y.) qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilandi, jumladan:zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 sentnerga yetkazish;ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish.2026-yil hosilidan boshlab:tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda:imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov ta’minoti taqdim etiladi; paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali har yili yanvar – avgust oylarida ajratiladi;yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi.
BatafsilQishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan 2025-yil 24 noyabr-6 dekabr kunlari Respublika agroxizmatlar markazi hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etildi. 🟢Ushbu o‘quv-kurslarida Qorao‘zak tuman bosh mutaxassisi M.Yusupov hamda Xo‘jayli, Taxiyatosh va Nukus tumanlari bosh mutaxassisi Sh.Kamalovlar faol qatnashib, 🟢sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, 🔝amalga oshirilayotgan islohotlar hamda innovatsiyalar, ▶️resurstejamkor texnika va texnologiyalar, 🌱ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy bilimlarni o‘zlashtirdilar. Shuningdek sohani boshqarishda HECI tamoyillari, notiqlik san’ati va psixologik darslarda ishtirok etdilar. ✔️Tuman bosh mutaxassislari malaka oshirish kurslarini muvafaqqiyatli tamomlab, kelgusidagi ish faoliyatida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan o‘z bilim va tajribalarini oshirib keldilar.
BatafsilBugun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-XDFU-sonli va 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarorlari bo‘yicha belgilab berilgan imtiyozlar, maqsadlar va ustuvor vazifalarni jamoatchilikka yetkazish hamda O‘zbekiston-Germaniya dasturining vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining tuman, hududlar mutaxassislari hamda agromaslahatchilari uchun "Zootexniya, veterinariya, yem-hashak ekinlarini yetishtirish, chorva mollarini to‘g‘ri oziqlantirish va ozuqa sifatini tahlil qilish" mavzularida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-trening Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Teshayev, tegishli vazirlik, qo‘mita va idoralar, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etildi. Seminar-treningda dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Teshayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-XDFU-sonli va 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarorlari bo‘yicha belgilab berilgan imtiyozlar, maqsadlar va ustuvor vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, sohada yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish, xorijiy tajribalarni o‘rganish zarurligini ta’kidladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston-Germaniya iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqoti dasturi rahbari Anton Van Engelen – Zootexnika, Veterinariya, Chorva mollarini to‘g‘ri oziqlantirish va ozuqa sifatini tahlil olish bo‘yicha, Dastur bosh agronomi Saidahmad Sherimbetov - Yem-xashak ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qildi. Seminar yakunida Veterinarya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tuman mutaxassislari va QR AKIS tuman maslahatchilari xorijiy tajriba va innovatsiyalar bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Batafsil“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–223-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi. (https://lex.uz/uz/docs/-7851947) 📗 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan: 🔹 tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida o‘simlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish; 🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish. 🏛 Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. ✔️ 2026-yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. ⛔️ Klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi. ✅ Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.
BatafsilVatan bayrog‘i - g‘urur, umid va ishonch timsoli 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi bugungi ulug‘ kun bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi!
Batafsil2025-yil 1-noyabr kuni Qonliko‘l tumani Oltinko‘l OFY hududidagi Aqsingul fermer xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “namunaviy dala” maydonida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriya mudiri U.Abillaev, tuman agromaslahatchisi N.Nurimbetov va fermerlar ishtirokida tashkil etilib, fermerlarga ekilgan har bir bug‘doy navining afzalliklari, vegetatsiya davri, hosildorligi, oziqlantirish muddatlari va me’yorlari, kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurash usullari bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek bugungi kunda (noyabr oyida) bug’doy parvarishida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar davomida fermerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ilmiy asosdagi javob oldilar.
Batafsil28-oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Beruniy tuman agromaslahatchisi A.Kazakbaev tomonidan Tinchlik OFYda yashovchi fuqaro Ametov Po‘latning asalari boqilayotgan kompleksida soha mutaxassislari, fermer va fuqarolar ishtirokida "Asalarichilikni rivojlantirish” bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda fermer va fuqarolarga asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha Prezident va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati, imtiyozli kredit va subsidiyalar to'g'risida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, asalari parvarishida bugungi kunda amalga oshiriladigan ishlar, oziqlantirish, xar xil zararkunanda va kasalliklardan saqlash, oldini olish, davolash va qishlovdan eson omon chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida fermer va fuqarolarga asalarilarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.
BatafsilOʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 2025 yil 14 martdagi PQ-103-sonli qarorida xotin-qizlarni tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish boʼyicha temir daftar hamda ayollar daftarida roʻyxatda turuvchi ishsiz xotin-qizlarga qishloq xoʻjalik soxasida seminarlar tashkil etish belgilangan. 25 oktabr kuni Kegeyli tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari M.Ahmedova, tuman hokimi A.Kamalov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari boshchiligida temir daftar hamda ayollar daftarida roʻyxatda turuvchi ishsiz xotin-qizlarga qishloq xoʻjalik soxasida tutchilik, ko‘chatchilik, urug’chilik bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Mutasaddilar Qumshungil OFY hududida tashkil etilgan 5 gektar maydonda ko‘chat yetishtirish loyihasi bilan tanishib, loyiha 25 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbaini yaratishga qaratilganligini ta’kidladi. Seminar davomida QR AKIS markazi mutaxassislari tomonidan ko‘chat ekishga yerni tayyorlash (sug'orish, yerni haydash, o'g'itlash), ko‘chatlarni ekishga tayyorlash, ekish va parvarishlash usullari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida xotin-qizlarga tut ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.
Batafsil2025-yil 20-oktabr kuni QR AKIS markazi tomonidan Taxtako‘pir tumanidagi “Kausar tegirmon” MCHJda Chorvachilikni kompleks rivojlantirish bo‘yicha soha mutaxassislari va fermerlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda dastlab sut yo‘nalishidagi nassli qoramollarni saqlash, oziqlantirish, ozuqa bazasini yaratish (jamg‘arish), kasalliklarining oldini olish va o‘z vaqtida emlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. So‘ngra fermerlarni sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi sterilizatsiya va pasterizatsiya, gomogenizatsiya, fermentatsiya jarayonlarida hamda qadoqlashda ishlatiladigan uskunalar bilan tanishtirildi. Shuningdek fermerlarga sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatidigan asbop-uskunalarni sotib olishda ajratiladigan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Seminarda fermerlar chorvachilikni kompleks rivojlantirish, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Batafsil2025-yil 15-sentabr kuni BMT Taraqqiyot Dasturining Qoraqalpog‘istondagi loyiha ofisida "Ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari (Rossiya-O‘zbekiston)" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi (AKIS), "Donskoy" ANK (Rossiya), VNIIMK (Rossiya) hamda mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari rahbar va xodimlari ishtirok etib, bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasining salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, innovatsiyalarni joriy etish, ekinlarni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
BatafsilBiochar va Jivamritni tayyorlash hamda qo‘llash bo‘yicha dala seminari bo‘lib o‘tdi ✅9 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi tomonidan Kegeyli tumanida joylashgan M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning Qoraqalpoq ITS tajriba xo‘jaligida Biochar va Jivamrit (suyuq bio-o‘g‘it) tayyorlash hamda qo‘llash bo‘yicha ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi. Seminar Chimboy, Kegeyli, Nukus tumanidagi agromaslahatchilar va fermerlar ishtirokida tashkil qilindi. 🟢Seminarda mutaxassislar tomonidan fermerlarga Biochar va Jivamritni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ushbu innovatsion yondashuvlar fermerlarga sifatli va yuqori hosil olishga, kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni kamaytirishga, organik mahsulot yetishtirishga, tuproq unumdorligini oshirishga katta yordam berishi ta’kidlandi. 🟢Seminar yakunida fermerlarga Biochar va Jivamritni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.
BatafsilJoriy yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025-yildagi 10-sonli Farmoni tegishli bandi ijrosi yuzasidan Kegeyli tumanida joylashgan Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba xo‘jaligida tashkil etilgan namunaviy dala maydonida bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalar mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminarda QR AKIS markazi mutaxassislari tomonidan Farmonning mazmun-mohiyati, namunaviy dala tashkil etish tartiblari, bog‘dorchilikni rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan belgilangan subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida sifatli ko‘chat va mevalarni tijoratlashtirish yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi. Seminar davomida ITS mutaxassislari tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan tashkil etilgan namunaviy daladagi uzum, o‘rik, olma meva ko‘chatlarining holati, agrotexnik tadbirlar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bundan tashqari fermerlar uchun ko‘chat o‘tqazishga yerni tayyorlash, ko‘chat o‘tqazish, oziqlantirish, kasalllik va zarakunandalariga qarshi kurashish, meva bog‘lariga shakl berish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar yakunida fermerlarga meva bog‘larida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyanomalar tarqatildi.
Batafsil4 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi mutaxassislari Taxiatosh tumani Keneges OFYdagi asalarichi E.Koshkarov xo‘jaligida bo‘lib, parvarishlanayotgan asalari oilalari bilan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan E.Koshkarovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2017-yildagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023-yildagi “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-239-son ning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil qilish, asalari oilalari biologiyasi va anatonmiyasi, parvarishlash, ko‘paytirish, yosh urchigan ona ari yetishtirish texnologiyasi, asalarichilikda foydalaniladigan asbob-anjom, moslama va qurilmalari, asalarilarning ozuqa bazasi, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini changlantirish, asalari mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda ularga qo‘yiladigan davlat standart talablari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.
Batafsil📈Xizmat ko‘rsatish yanada rivojlantiriladi ✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakolatxonasi 2022-yildan beri qishloq xo‘jaligida yaratilgan ilmiy ishlanmalarni yanada keng joriy etish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish, aholi va fermerlarning bilimini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish maqsadida dala sharoitida foydalanish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ko‘chma (mobil) laboratoriya asbob-uskunalari keltirilgan. 🔰Shu yilning 28-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu zamonaviy mobil laboratoriya uskunalaridan foydalanish tartiblari bo‘yicha tuman agromaslahatchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. ▶️Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan✅tuproq tahlilidagi - namlik va harorat, azot, fosfor, kaliy, gumus miqdori, pH va sho’rlanish darajasi✅oziq-ovqat tahlilidagi - tuzlar, nitratlar va pH darajasini aniqlashdaqo‘llaniladigan mobil laboratoriya asbob-uskunalarining tavsifi, foydalanish usullari, reagentlarni qo‘llash tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. 🟢Seminar-trening davomida tuman agromaslahatchilari kelajakda qishloq xo‘jaligi subyektlariga xizmat ko‘rsatish jarayonida dala sharoitida tuproq, suv, oziq-ovqat tahlilini o‘tkazish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
BatafsilQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o‘rinbosari Sh.Teshayev, QR AKIS markazi rahbari B.Annakulov, tuman hokim va o‘rinbosarlari, fermerlar 15-avgust kuni Xorazm viloyatida bo‘lib, Qo‘shko‘pir va Yangibozor tumanida ekilgan xorijiy va mahalliy paxta navlarini yetishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar.
Batafsil📑O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-sonli buyrug‘iga asosan shu yilning 22-23-avgust kunlari butun Respublikamizda "Obod va ko‘rkam mahalla - elimiz ko‘rki" shior ostidagi xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan. 🌱Shu munosabat bilan bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, mavjud daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borildi.
BatafsilNAVBATDAGI SIYOSIY-MAʼRIFIY SOATI BO‘LIB O‘TDI 🇺🇿 O‘quv soati davomida QR AKIS markazi rahbar va mutaxassislari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlari bilan atroflicha tanishdilar. ▶️ Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston va xorijda sodir bo‘layotgan muhim yangiliklardan xabardor bo‘ldilar.
BatafsilKutilayotgan issiq ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash bo‘yicha muhim tavsiyalar O‘zgidromet markazining xabarlariga ko‘ra, joriy yilning 14-18 may kunlari respublikamizda o‘rtacha me’yordan 8-10°C yuqori darajada, ya’ni 41-43°C gacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bunday ob-havo sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday ekan, jazirama issiqning stressli ta’sirini yumshatish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda o‘tkazish zarur. Jumladan, fermerlar va dehqonlarga daladagi ishlarni ertalab soat 10:00 gacha bajarish, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan issiq vaqt oralig‘ida esa ishlarni to‘xtatish, dala sharoitida ishlayotganlar uchun quyoshda qolgan plastik idishlardagi suvdan foydalanmaslik, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Paxtachilikda: G‘o‘zani jazirama issiq va suv tanqisligiga chidamliligini oshirish uchun biostimulyatorlar, suspenziyalar, ammiakli selitra bilan oziqlantirish, tomchilatib sug‘orish, va qator oralariga mahalliy o‘g‘itlar bilan mulchalash tavsiya etiladi. Biostimulyatorlar va suyuq o‘g‘itlar (bor, molibden, rux, mis, temir, marganes, kobalt, azot, fosfor) bilan bargdan oziqlantirish, shuningdek, zararkunandalarga qarshi maxsus preparatlar qo‘llash zarur. Dala chetidagi ariq, zovur, tut daraxtlari atroflari begona o‘tlardan tozalanib, 2-3% ISO qaynatmasi bilan ishlov berilishi kerak. Suv sepish mashinalari yordamida dala atrofida mikroiqlim yaratish hamda zararli hasharotlarning ko‘chishini oldini olish muhim. Egatlab sug‘oriladigan maydonlarda o‘g‘itlar 2-4 chinbarg holatida 50 kg/ga azotli, shonalash davrida esa 75 kg/ga azotli va 50 kg/ga kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tavsiya qilinadi. Tunda sug‘orish, tuproq namligini saqlash va suvning behuda bug‘lanishini kamaytirishga yordam beradi. Intensiv texnologiyada parvarishlanayotgan g‘o‘za maydonlarida tomchilatib sug‘orish 3-4 soat davomida 100-120 m³/ga miqdorida tez-tez amalga oshirilishi kerak. G‘allachilikda: Markaziy va shimoliy hududlarda g‘allaning o‘rtapishar va kechpishar navlarini ekilgan maydonlarni tunda sharbat usulida sug‘orish tavsiya etiladi. Tog‘ va tog‘ oldi hududlarida esa, havo harorati 30°C dan oshmagan paytlarda, ertalab soat 10:00 gacha yoki kechqurun 17:00 dan keyin biostimulyatorlar orqali bargdan suspenziya usulida oziqlantirish zarur. Sholichilikda: Harorat 38–40°C dan oshganda tuproqni doimiy nam holda saqlash, ya’ni suv sathi 5–10 sm atrofida bo‘lishi lozim. Suv resurslarini tejash maqsadida rotatsion sug‘orish va tik quduq, zovur suvlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, o‘g‘itlash va stressga chidamli moddalardan foydalanish muhim: – Silikatli o‘g‘itlar (kaliy-silikat) sholini issiqqa chidamli qiladi va o‘simlik hujayralarini mustahkamlaydi. – Biostimulyatorlar (epin, tsirkon, megafol) o‘simlik stressini kamaytiradi. – Kompleks mikroo‘g‘itlar (bor, marganets, rux) fotosintezni qo‘llab-quvvatlaydi va o‘sishni rag‘batlantiradi. Sabzavotchilikda: Sabzavotlarning o‘sishi va rivojlanishi havo-tuproq haroratiga, fotosintez intensivligiga bog‘liq. Harorat 25–35°C gacha ko‘tarilganda fotosintez jarayoni kuchayadi, lekin 40–50°C ga yetganda butunlay to‘xtaydi. Pomidor, qalampir, baqlajon, bodring kabi issiqsevar o‘simliklar uchun 20–30°C harorat eng qulay hisoblanadi, ammo ular o‘ta issiqlikka chidamli emas. Qovun, tarvuz, qovoq, makkajo‘xori va loviya kabi ekinlar esa 30°C da yuqori assimilyatsiyaga erishadi, lekin 40-45°C dan yuqori haroratda o‘sish uchun qulay muhit bo‘lmaydi. Jazirama issiqlikdan himoya qilish uchun tavsiyalar: • Tunda sug‘orish: O‘simlikni tunda sug‘orish, namlikka bo‘lgan talabni to‘la qondirish. • Quyosh nuridan himoya qilish: O‘simliklarni quyosh nurlaridan himoya qilish va sun’iy salqinlik tashkil etish. • Agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri vaqtga joylashtirish: Kun isigan davrida chopiq, begona o‘tlardan tozalash kabi tadbirlarni amalga oshirmaslik. Issiqlik stressi sharoitida o‘simliklarning yetarli ozuqa moddalari bilan ta’minlanishi muhimdir. Kaliy, fosfor va azot bilan barg orqali oziqlantirish o‘simliklarning sog‘lom, tez va samarali o‘sishiga yordam beradi. Uzun muddatli yuqori harorat meva-uzum navlarining o‘sishini va hosildorligini kamaytirishi mumkin. Bunday sharoitda, tomchilatib sug‘orish usuli o‘simliklar uchun eng samarali usul hisoblanadi, chunki bu suvni aniq va samarali taqsimlash, tuproqda namlik balansini saqlashga yordam beradi. Tavsiya etilgan choralar: • Tomchilatib sug‘orish: Bu usul suvning samarali taqsimlanishini ta’minlab, o‘simliklar stressini kamaytiradi. • Yomg‘irlatib sug‘orish: Mevali bog‘larda yomg‘irlatib sug‘orish usuli, suvni yerdan bir tekis taqsimlash va mineral o‘g‘itlarni erigan holda berish imkonini beradi. • Sug‘orish vaqtlarini belgilash: Sug‘orish kunning issiq vaqtlarida emas, balki ertalab yoki kechqurun amalga oshirilishi, har 3-5 kunda har bir tup daraxtga 15–25 litr suv berilishi tavsiya etiladi. Qo‘shimcha himoya usullari: • Soyabonlar (agrovolokno, to‘rlar): O‘simliklarni ultrabinafsha nurlardan himoya qilish va haroratni pasaytirish uchun soyabonlardan foydalanish mumkin. • Mineral o‘g‘itlar: Fosfor va kaliyga boy o‘g‘itlar o‘simlikning issiqqa chidamliligini oshiradi va stressga qarshi kurashishga yordam beradi. • Barg orqali oziqlantirish: Epin, sirkon kabi bioo‘g‘itlar bilan barglardan oziqlantirish o‘simliklarni stressga qarshi mustahkamlaydi. Meva yig‘ish vaqti: • Erta tongda yig‘ish: Mevalarni erta tongdagi salqin davrda yig‘ib-terib olish tavsiya etiladi.
Batafsil2025-yil 15-16 mart kunlari “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida markaz xududidagi mavjud daraxtlarni oqlash va butash, koʻchatlar oʻtkazish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
Batafsil2025-yil 12-mart kuni Xo‘jayli tumanida “Dala chetlariga, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga eksportbop ekinlarni ekish va parvarishlash agrotexnologiyalari” mavzusida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminar Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A.Koziyev, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.Ergashev, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari, Qoraqalpog’istondagi ilmiy-tadqiqot institutlari direktor va olimlari, Xo‘jayli tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, tumandagi klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi. Seminarni dastlab, Vazir o‘rinbosari A.Koziyev va Agentlik direktori I.Ergashev ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli Qarorining mazmun-mohiyati, tegishli imtiyozlar va belgilangan vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Seminar davomida Ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va QR AKIS markazi mutaxassislari tomonidan fermerlarga daladagi asosiy ekin turiga qarab dala chetiga ekinlarni tanlash, ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari, yuqori hosildor, eksportbop meva ko‘chatlarini parvarishlash tartiblari va usullari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar yakunida QR AKIS markazining Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Dala chetlari hamda kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda sabzavot, poliz, don va dukkakli ekinlar, mevali daraxtlarni ekish va parvarishlash agrotexnologiyalari” mavzusidagi tavsiyanomalari fermerlarga tarqatildi.
Batafsil2025-yil 4-yanvar kuni Kegeyli tumanida “Qishloq xoʻjaligida 2025 yil hosili uchun yanvar-fevral oylarida amalga oshiriladigan tadbirlar” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman hokimligi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Suv yetkazib berish DM, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman oʻsimliklar himoyasi va karantini agentligi boʻlimi hamda barcha yoʻnalishdagi klaster va fermerlar ishtirok etishdi. Seminarda QR AKIS markazi direktori B.Annakulov soʻzga chiqib, ✅ 2025 yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy goʻng chiqarish, sugʻorish;✅ Ichki ariq va kanallarni tozalash, betonlashtirish;✅ Dala madaniyatini oshirish, daraxtlarga shakl berish;✅ Koʻchatchilikni rivojlantirish uchun issiqxonalarni qurish;✅ Qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini ta’mirlash hamda bahorgi ekish mavsumiga soz holatga keltirish tartiblari boʻyicha tavsiyalar berdi. Seminar davomida soha mutaxassislari mavzu doirasida oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi. Seminar yakunida QR AKIS markazi tomonidan sohadagi ilmiy-tadqiqot institut olimlarini jalb qilgan holda ishlab chiqilgan tavsiyanomalar fermerlarga tarqatildi.
BatafsilҚорақалпоғистон Республикаси агрохизматлар маркази туман агромаслаҳатчиларининг қишлоқ хўжалиги соҳасида илғор хорижий ва маҳаллий илм-фан ютуқлари тўғрисида билим ва малакасини ошириш мақсадида Қорақалпоғистон қишлоқ хўжалиги ва агротехнологиялар институти билан ҳамкорликда 28-29 август кунлари ўқув курслари ташкил этилди. Ўқув курси «Тупроқшунослик ва агрокимё», «Умумий деҳқончилик», «Селекция, уруғчилик ва кўчатчилик», «Сабзавот ва полизчилик», «Иссиқхона хўжалиги», «Боғдорчилик ва узумчилик», «Гулчилик (манзарали ўсимликлар)», «Чорвачилик», «Паррандачилик», «Балиқчилик» йўналишларида олиб борилиб, қизғин илмий-амалий савол-жавобларга бой бўлди. Ўқув курси якунида дастлаб, Марказ директори Б.К.Аннакулов сўзга чиқиб, қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини илмий асосда етиштириш, инновацион, ресурстежамкор замонавий технологияларни қўллаш бўйича тавсия ва маълумотларни кенг жорий этиб бориш зарурлигини тўғрисида сўз олиб бориб, ушбу ўқув курсининг аҳамияти ва келгусида бундай курсларни тез тездан ташкил этиб бориш зарурлигини таъкидлади. Шундан кейин ўқув курсини ташкил этишда тажрибали, илмий педогок кадрларни жалб қилганлиги учун Институт ректори Б.Б.Жоллибеков ташаккурнома билан тақдирларни. Сўнгра туман агромаслаҳатчилари ўқув-курсида муваффақиятли иштирок этганлиги учун сертификат ва эсдалик совғалар билан тақдирланди.
BatafsilҚишлоқ хўжалигида билим ва инновациялар миллий маркази ҳузуридаги Қорақалпоғистон Республикаси агрохизматлар маркази Қорақалпоғистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан ҳамкорликда 2024 йил 31 июль куни Нукус Ёшлар Технопаркида тегишли инновацион ишланма раҳбарларини жалб қилган ҳолда “Яратилган инновацион ишланмаларни қишлоқ хўжалигига кенг жорий қилишда агромаслаҳатчиларнинг тутган ўрни” мавзусида кўргазмали ўқув-семинар ташкил этилди. Дастлаб, туман агромаслаҳатчиларни Нукус ёшлар технопаркида яратилган инновацион ишланмалар билан таништирилди. Ўқув-семинарни ҚР AKIS маркази директори Б.Аннакулов очиб бериб, Марказнинг асосий вазифа ва функцияларидан бири Қишлоқ хўжалигида билим ва инновациялар тизими (AKIS) концепциясини амалга ошириш ҳамда қишлоқ хўжалиги соҳасида таълим, илм-фан, инновация ва ишлаб чиқаришнинг узвий интеграциясини таъминлашдан иборатлиги, буни амалга оширишда агромаслаҳатчиларнинг тутган ўрни катталиги тўғрисида тўхталиб ўтди.Кейин сўзга, Қорақалпоғистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Б.Қаипбергенов чиқиб, вазирлик тизимидаги ташкилотлар томонидан яратилган ҳамда молиялаштирилган инновацион ишланма, техника ва технологияларни қишлоқ хўжалигига кенг жорий қилиш зарурлиги, буни ҚР AKIS маркази орқали амалга ошириш энг мақбул ечим эканлигини таъкидлаб ўтди.Шундан сўнг, Қорақалпоғистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан илғор технологиялар, илм-фан ютуқлари, инновацияларни қишлоқ хўжалигига кенг жорий этиш бўйича ўзаро ҳамкорлик меморандуми тузилди. • Семинар давомида “Кардар ишлаб чиқариш” МЧЖ директори Қишлоқ хўжалигида дугоукладчик техникасининг тузилиши, вазифаси ва функциялари бўйича; • Нукус ёшлар технопарки МЧЖ ментори Хлорелла микроорганизмини қишлоқ хўжалигида қўллаш усуллари бўйича; • Достон Чорва Хўжайли МЧЖ директори Йирик шохли қорамолларни сунъий уруғлантириш ускунасининг тузилиши, вазифаси ва фунциялари бўйича; • Оролбўйи халқаро инновация маркази етакчи мутахассиси Гидропоника усулида етиштирилган микрокўкатларнинг фойдалилик ҳусусиятлари бўйича маълумотлар бериб ўтди. Ўқув-семинар якунида туман агромаслаҳатчилари орқали инновацион ишланмалар тўғрисидаги маълумотларни аҳоли, деҳқон ва фермер хўжаликларига етказиш ҳамда улардан фойдаланиш бўйича ўзаро ҳамкорликда тавсиялар берилишига келишиб олинди.
BatafsilQishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpogʼiston Respublikasi agroxizmatlar markazi kelgusida qishloq xoʼjaligi sohasida yaratilgan resurstejamkor, innovatsion ishlanmalarni aholi, dehqon va fermer xoʼjaliklariga keng joriy etishi uchun, birinchi navbatda, tuman agromaslahatchilarining har bir innovatsion ishlanmani vazifasi, funktsiyasi hamda foydalanish tartiblari boʼyicha bilim va malakasini oshirishi zarur. Shu maqsadda QR AKIS markazi “Yosh olimlar akademiyasi MChJ” bilan hamkorlikda 20 iyul kuni Nukus shahrida «Xlorella mikroorganizmi mahsulotlarini qishloq xoʼjaligida foydalanish uslublari» mavzusida oʼquv-seminar tashkil etildi. Oʼquv-seminarda xlorella mikroorganizmidan olingan mahsulotlarni paxtachilik, gʼallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, don va dukkakli ekinlar yetishtirishda, chorvachilik va baliqchilik sohalarida qoʼllash tartibi, muddati va meʼyorlari boʼyicha toʼliq maʼlumotlar keltirib oʼtildi. Oʼquv-seminar davomida tuman agromaslahatchilari oʼzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
BatafsilOʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi Tashrif avvalida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Farhod Ermanov rahbarligida tashkil etilgan yigʻilishda vazirlik tizim tashkilotlari, tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari hamda soha xodimlari bilan bir qatorda QR AKIS rahbari S.Shamshetov ham ishtirok etdi. Kunning ikkinchi yarimida Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanidagi "Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Milliy markaz bosh direktori Shuxrat Otajonov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri Quwanishbay Nurimbetov va boshqalar tashrif buyirdi. U yerda umumiy olib borilayotgan ilmiy va amaliy ishlar va kelgusiga qo’yilgan rejalar to’grisada to’xtalib o’tildi va QR AKIS raxbari S.Shamshetov prezidentimiz topshirig’iga asos Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida “Xonadonboy” usulda ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish reja dasturi, QR AKIS foaliyati, kelgusidagi maqsadlari va rejalari haqida batafsil tanishtirdi.
BatafsilQoraqalpog'iston Respublikasidagi paxta -to'qimachilik klaster korxonalari agronomlarining tájriybasin oshirish maqsadida, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida o'quv seminarining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi. Seminarda QR AKIS direktori S. Shamshetov ishtirok etdi va agronomlarga “Qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadlari bo'yicha belgilangan strategiyaning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat raqobatbardoshligini orttirishga qaratilgan islohotlar” mavzusida ma'ruza o'tib berdi. Ma'ruza davomida yig'ilganlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldi.
BatafsilQoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirda QR AKİS direktori S. Shamshetov so’zga chiqdi va Vatanni qo'riqlash ulug' va iftixorli burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, mamlakat muhofazasini qo'riqlash hislarini singdirish, O'zbekston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va rivojlanish tarixi haqida aytib o’tdi. Shundan so'ng xodimlarimiz “Vatanparvarlik” bog'ida bo'lishdi. Bu yerda ikkinchi jahon urushi yillarida qurbon bo'lgan ota-bobolarimizning qahramonliklari haqida fikr almashildı.
BatafsilQoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirda QR AKİS direktori S. Shamshetov so’zga chiqdi va Vatanni qo'riqlash ulug' va iftixorli burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, mamlakat muhofazasini qo'riqlash hislarini singdirish, O'zbekston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va rivojlanish tarixi haqida aytib o’tdi. Shundan so'ng xodimlarimiz “Vatanparvarlik” bog'ida bo'lishdi. Bu yerda ikkinchi jahon urushi yillarida qurbon bo'lgan ota-bobolarimizning qahramonliklari haqida fikr almashildı.
BatafsilQishloq xo'jaligi sohasida samaradorlikni oshirish bo'yicha muxim seminar bo'lib o'tdi. Taxiyatosh tumaninda Xlorella mikroorganizmini etishtirish va uni qishloq xo'jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish usullari bo'yicha seminar o'tkazildi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Nurimbetov Quanishbay, qishloq xo'jaligi sohasi mutaxassislari va maxalliy dehqon, fermerlari hamda QR AKİS direktori S.Shamshetov va mutaxassissi S. Ajiniyazovlar ishtirok qilishdi. Seminar davomida QR AKİS direktori S. Shamshetov so'zga chiqib, xlorella mikroorganizmini qishloq xo'jaligi hamda baliqchilikni rivojlantirishda keng foydalanish, turli kimyoviy o'g'itlarning o'rniga qo'llash imkoniyati mavjudligini aytib o'tdi.
BatafsilҚҚХАИ мажлислар залида Қорақалпоғистон Республикасидаги пахта-тўқимачилик кластер корхоналари агрономларининг малакасини ошириши учун ўқув семинари ўтказилмоқда. Семинар доирасида 27-декабрь куни КР AKİS раҳбари С.Шамшетов "Қишлоқ хўжалигини ривожлантириш максадлари, бўйича белгиланган стратегиянинг кишлок хужалиги ва озик-овкат ракобатбардошлигини оширишга қаратилган ислоҳотлар” мавзусида йиғилган агрономларга маъруза ўтиб берди. Маъруза давомида йиғилган қизиқтирган саволларга атрофлича жавоблар олди
BatafsilO‘zbekstan Respublikasi Prezidenti Farmoni (https://president. uz/uz/lists/view/6620 ) asosida bir guruh yurtdoshlarimiz mamlakatimiz rivoji yo‘lida qilinayotgan mehnatlari e'tiborga olinib turli unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Ular orasida QR AKIS direktori S. Shamshetov ham bor. 29 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesining majlislar zalida ushbu mukofotlangan yurtdoshlarimizga mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. https://t. me/joqargikenes/16764 Joqarg‘i Kenges Boshlig‘i Amanbay O‘inbaev chiqib so‘zlab, hamma sohalarda elimimiz rivoji yo‘lida fidoiy mehnat qilib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgan vatandoshlarimiz hamisha Prezidentimiz e'tiborinda ekanligin takidlab o'tdi.
Batafsil2023-yil 8-avgust kuni Nukus tumani Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi g‘alla maydonida 2024-yil g‘alla hosili uchun urug‘lik bug‘doyni va yerlarni ekishga tayyorlash ishlari bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga tuman hokimi Z. Zaitov, O‘zbekstan Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari B. Togaev, Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari R. Karshiev, olimlar va fermer xo‘jaligi rahbarlari bilan bir qatorda QR AKİS laboratoriya mudiri Satniyaz Ajiniyazov ishtirok etishdi. Seminarda g'alla ekilishining kechiktirib bo'lmaydigan agrotexnikasi, yerlarning sho'rni yuvish, lazerli uskunular bilan tekislash orqali tayyorlash, o'g'it bilan ekish va boshqada amallar taxlil qilindi.
BatafsilКўн тартибида Ўзбекистон Республикаси Президенти Админстрациясининг 2023 йил 21 июлдаги 15-1411-сонли хати билан тасдиқланган йиғилиш баёни 9-бандининг ижросини таъминлаш юзасидан, дон қабул қилиш ва уруғлик цехларда 2024 йил ҳосили учун кузги бошоқли дон экинларини экишга талаб этиладиган уруғлик донни тайёрлаш, саралаш, дорилаш ва қадоқлаш тадбирларини сифатини назорат қилишни ташкил қилиш бўйича тегишли ишларни амалга ошириш ҳақидаги масалалар қаралди. Йиғилишда т.ф.д. профессор С.Шамшетов (Қишлоқ хўжалигида билим ва инновациялар миллий марказининг Қорақалпоғистон Республикаси агрохизматлар маркази директори, Илмий-амалий Кенгаш раиси ўринбосари), Б.Абдуллаев (Дон ва шоли илмий ишлаб чиқариш бирлашмаси директори), А.Доспанов (Ўзагроинспекциянинг Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси бўлим бошлиғи), И.Бегжанов (Ўзагроинспекциянинг Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси бўлим бошлиғи), И.Мамутов (Қишлоқ хўжалиги махсулотлари сифатини баҳолаш марказининг ҚР филиали бошлиғи), Б.Аллияров (Қишлоқ хўжалиги махсулотлари сифатини баҳолаш марказининг ҚР филиали мутахассиси), П.Ахназаров (Қишлоқ хўжалиги махсулотлари сифатини баҳолаш марказининг ҚР филиали мутахассиси), С.Сабиров (Уруғчиликни ривожлантириш маркази ДМнинг Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бошқармаси бошлиғи), А.Турдишов (Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлигининг бошқармаси бошлиғи), Р.Юлдашев (Қорақалпоқдонмаҳсулотлари АЖ бошлиғи), Ж.Таганбаев (Тахиатошдонмаҳсулотлари АЖ бош инженери), А.Розметов (Тўрткўлдонмаҳсулотлари МЧЖ бошлиғи), Р.Казакбаев (Чимбойдонмаҳсулотлари МЧЖ мутахассиси), К.Палимбетов (Қўнғирот ун заводи АЖ бошлиғи), Қ.Аметовлар (Қорақалпоғистон Республикаси Агрокимёвий таҳлил маркази директори ўринбосари) қатнашишди. Мажлис давомида ҳисоботларни ва таклифларини билдириш учун қатнашаётган ташкилотлар иштирокчиларига сўз берилди ва йиғилиш сунгида билдирилган маълумот ва таклифларни инобатга олган ҳолда, Қорақалпоғистон Республикаси Илмий-амалий Кенгашининг қўшма мажлиси тегишли тартибда қарор қабул қилинди.
Batafsil2023 yil 25 iyul kuni Xalqaro Case New Holland kompaniyasining mamlakatimizdagi “UzCaseMash” qo‘shma korxonasi QR AKIS bilan hamkorlikda QR Savdo sanoat palatasining majlislar zalida barcha tumanlardagi 100 dan ortiq klaster va f/x rahbarlari va sohadagi tadbirkorlik sub'ektlariga korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan q/x texnika vositalari taqdimotini o‘tkazdi. O‘tkazilgan taqdimotda “UzCaseMash” qo‘shma korxonasi mutaxassislari taqdimot ishtirokchilariga zamonaviy q/x texnikalarini yetkazib berish va servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma'lumotlar berildi. O‘z navbatida QR AKIS mutaxassislari ushbu turdagi zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish qoidalari bo‘yicha klaster va f/x rahbarlariga tavsiyalar berdi.
BatafsilJoriy yili 20 iyul kuni QR AKIS Qoraqalpogʼiston qishloq xoʼjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda «Uch avlod uchrashuvi» tashkil etildi.Uchrashuvda talaba yoshlar, ilmiy pedagok xodimlar hamda «Fahriy bitiruvchilar» ishtirok etdi.Yigʼilish boshida QR AKIS rahbari S.Shamshetov soʼzga chiqib, oʼrta va yosh avlodga QQXАIning ochilish tarixi va rivojlanishi bilan bogʼliq qiyinchiliklar, qishloq xoʼjaligi sohasiga bilim va salohiyatli kadrlarni yetishtirishdagi ahamiyati, «Ustoz-shogird» anʼanasining yoʼlga qoʼyilganligini takidlab oʼtdi.
BatafsilQR AKIS va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpogʼistondagi vakilligi hamkorligida 14 iyul kuni Kegeyli tumanida “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro standartlar talablari sohasida mahalliy fermer va dehqon xoʼjaliklari, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning salohiyatini oshirish” mavzusida Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Uzstandart vakillari va 25 dan ortiq fermer va dehqon xoʼjaliklari ishtirokida oʼquv–treningi tashkil etildi.Oʼquv-treningda QR AKIS mutaxassisi А.Аbdimuratova xalqaro sertifikatlarning afzalliklari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini sertifikatlash standartlari va AKIS tizimining faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi va trening qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdi.
BatafsilQR AKIS va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpogʼistondagi vakilligi hamkorligida 14 iyul kuni Kegeyli tumanida “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro standartlar talablari sohasida mahalliy fermer va dehqon xoʼjaliklari, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning salohiyatini oshirish” mavzusida Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Uzstandart vakillari va 25 dan ortiq fermer va dehqon xoʼjaliklari ishtirokida oʼquv–treningi tashkil etildi.Oʼquv-treningda QR AKIS mutaxassisi А.Аbdimuratova xalqaro sertifikatlarning afzalliklari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini sertifikatlash standartlari va AKIS tizimining faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi va trening qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdi.
BatafsilЎзР Президентининг 2022 йил 30 майдаги ПҚ-264-сонли қарорига 1-иловасида белгиланган вазифаларнинг ижроси юзасидан ҚР AKIS раҳбарлигида тайёрланган «Тахтакўпир тумани Белтаў ОФЙ «Боршитаў» массивида кўп йиллар давомида экилмай турган ерларни ўзлаштириш ва пахта хом-ашъёсини етиштиришни йўлга қўйиш лойиҳаси ва илмий асосланган тавсияси» асосида етиштирилаётган пахта ва сабзавот экинларини кўздан кечириш ва тавсиялар бериш мақсадида 30 июнь куни ҚР AKIS раҳбари С.Шамшетов «Боршитаў» массивидаги ғўза ва бошқа экинларнинг ривожланиш ҳолатини кўриб чиқди. Массивда замонавий суғориш технологиялари асосида экилган пахта ва сабзавот экинларини парваришлаш бўйича фермер ва ходимларнинг билим ва малакасини ошириш мақсадида ҚР AKIS раҳбари С.Шамшетов фермер ва агрономларга артезиан қудуқлардан фойдаланиб томчилатиб суғориш ҳавзаларини доимий равишда сув билан тўлдириб бориш, пахтани ўз вақтида кечиктирмасдан суғориш, сабзавот экинларини бегона ўтлардан тозалаш ва ўғитлаш, тунда суғориш ишларини жадаллаштириш бўйича кўрсатма ва тавсиялар берди.
BatafsilNukus innovatsion institutida «Ilm-fan va sifatli taʼlim: dolzarb muammolar, yutuqlar va innovatsion texnologiyalar» mavzusidagi 9-10 iyun kunlari oʼtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyaga QR AKIS rahbari S.Shamshetov taklif qilinib, «Innovatsion texnologiyalar platformalari bilim sifatidan va ilm-fan yutuqlaridan yaratiladi» mavzusida bayonoti bilan ishtirok etdi. Qiziqtirgan savollar yuzasidan mulohaza qilindi. Yani oliy taʼlim sohasida maʼlumotlar, oʻquv dasturlari ishlab chiqish sohasidagi iqtisodiy islohotlarga va vaziyatlarga talab darajasida mos kelmasligi oqibatida tayyorlanayotgan kadrlarning koʻpchilik qismining sifati past boʻlishi kabi muommolar va ularga yechim sifatida maʼlumotlarni va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish sohasidagi muammolar bilan uzviy bogʻlanishini toʻliqtirish va takomillashtirish evaziga tayyorlanayotgan bakalavr va magistrlarning ilm-fanga, innovatsion ishlanmalarga layoqatliligini oshirish kabi yechimlar atrofida muloxazalar olib borildi.
BatafsilҚорақалпоғистон қишлоқ хўжалиги ва агротехнологиялар институти Магистратура бўлимининг “Қишлоқ хўжалигини механизациялаштириш” мутахассислиги бўйича 2-курс магистрантларининг ўкув режасида белгиланган илмий-тадқиқот иши ва магистрлик диссертациясини тайёрлаш амалиётини 2023-йил 17-апрелдан 25-июнь кунлари оралиғида Институт ва Қорақалпоғистон Республикаси агрохизматлар маркази ўртасида тузилган амалиёт ўтказиш шартномасига асосан магистрантлар амалиёт ўтамоқда. Амалиёт давомида Марказ раҳбари ҳамда мутахассислари томонидан магистрантларга илмий-амалий билимларини оширишда яқиндан ёрдам бериб келмоқда.
BatafsilBMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi bilan memorandum asosida 2023-yil 20-may kuni “Mahalliy aholining barqarorligini oshirish va Orolbo‘yi mintaqasining eng zaif aholi qatlamlarini yashil, inklyuziv rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida “Zamonaviy asalarichilikning dolzarb masalalari” mavzusida Xalqaro Asalarichilik bo‘yicha ekspertlar Andreeva Natalya Petrovna, Rossiya boshqaruv va agrobiznes muhandislik akademiyasi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, Popova Natalya Leonidovna, Kostachev nomidagi Ryazan qishloq xo‘jaligi universiteti, asalarichi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Asalarichilar uyushmasi raisi, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali mutaxassislari, asalarichilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ilmiy-amaliy yig‘ilish o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Markazimiz mutaxassislari G. Nurbekova, J.Nizanov va M.Saparniyozovlar so‘zga chiqib, asalari oilalarini parvarishlash, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud muammolarning yechimi sifatida tavsiyaviy qo‘llanmalar, brosh’yuralar tayyorlanib, bosma va elektron shaklda tarqatilib borilayotganligiga to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida aholi, asalarichilikka qiziquvchi va asalarichilik xo‘jaliklarining bilim va malakasini oshirish, Rossiya tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha QR AKIS tomonidan ishlab chiqilgan Dastur asosida o‘qitilishiga kelishib olindi.
BatafsilQR AKIS 2023-yil uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida 2023-yil 12-may kuni Kegayli tumanidagi “Gulbagʼ lalazar” dehqon xo‘jaligida “Аholi xonadonlarida asalari oilalarini boqish bo‘yicha” asalarichilikka qiziquvchi aholi va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-son qarorida keltirilgan asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish shuningdek, asalari oilalari, zotlari, parvarishlash usullari, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirlari toʼgʼrisida ma’lumot va tavsiyalar berildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasini tashkil etgan holda interventsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 729-sonli qarorining 8.1-bandida AQSh Xalqaro savdo ma’muriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturi (SABIT) haqida tadbirkorlik sub’ektlariga seminar-treninglar o‘tkazilishini hamda batafsil ma’lumot yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha topshirig‘i belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha 2022 yil 31 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining majlislar zalida taqdimot shaklida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi rahbari va mutaxassislari tomonidan tumanlarda faoliyat yuritayotgan sovutkichli sig‘imli korxonalari rahbar va mutaxassislariga davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar hamda AQSh Xalqaro savdo ma’muriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturida (SABIT) malaka oshirish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, tadbirkorlik sub’ekti rahbarlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
BatafsilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi «Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» PQ-394-son qarorida aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlardagi yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tizimi joriy etilib, bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar tijorat banklari orqali ajratilishi belgilangan. Kreditlar hududiy fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi VM-624-son qarorida aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish belgilangan. Subsidiyalar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan berilishi belgilangan. Talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash SXEMASI Bosqichlar Sub’ektlar Tadbirlar Bajarish muddati 1-bosqich Tuman (shahar) hokimliklari, Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon ho‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bo‘yicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi. Yiliga ikki marta: 1-noyabr va 1-mayga qadar 2-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Tumanlar (shahar) manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi. Yiliga ikki marta: 1-dekabr va 1-iyunga qadar 3-bosqich O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi Hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi. Yiliga ikki marta: 15-dekabr va 15-iyunga qadar 4-bosqich O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi Manzilli dasturni ommaviy axborot vositalarida hamda o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi. Yiliga ikki marta: 1-yanvar va 1-iyulga qadar 5-bosqich Talabgor Vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanib ishga tushirilganidan so‘ng, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olib o‘rnatilganidan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablag‘ olish uchun tuman (shahar) fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi. Ixtiyoriy ravishda 6-bosqich Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Talabgorlar tomonidan to‘liq taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda hududiy fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim qiladi. Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 ish kunida 7-bosqich Hududiy fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhiga taqdim etadi. 3 ish kunida 8-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhi Taqdim etilgan ro‘yxatni ko‘rib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari, dehqon ho‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi. 3 ish kunida 9-bosqich O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhi taqdim etgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni: 2022 — 2025-yillarda Moliya vazirligiga; 2026-yildan boshlab — Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamg‘armaga taqdim qiladi. 3 ish kunida 10-bosqich Moliya vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 2022 — 2025-yillarda kiritilgan buyurtmanomalar asosida zarur mablag‘larni Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 3 ish kunida 11-bosqich Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Moliya vazirligidan 2022 — 2025-yillarda kelib tushgan mablag‘larni g‘azna hisobvarag‘i orqali talabgorlarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 3 ish kunida ”.
BatafsilVeterinariya faoliyatiga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida MA’LUMOT «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish orqali normativ-huquqiy hujjatlar sonini qisqartirish hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tishning yagona tartibini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi «Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida»gi 80-sonli qarorida Maxsus elektron tizim orqali veterinariya faoliyatiga litsenziya berish tartibi bosqichma-bosqich keltirilgan bo‘lib, hozirgi kunda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga https://license.gov.uz/ platformasi orqali arizalar qabul qilinib kelinmoqda. Veterinariya faoliyatiga litsenziya berish tartibi va bosqichlari, talab etiladigan kerakli hujjatlar quyidagi jadvalda keltirilgan. Veterinariya faoliyatini litsenziyalash PASPORTI 1. Litsenziya nomi: veterinariya faoliyati uchun litsenziya 2. Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: a) veterinariya laboratoriya — diagnostika ishlari; b) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish hamda tayyorlash; d) veterinariya preparatlarini, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiena vositalarini realizatsiya qilish. 3. Ariza beruvchilar toifasi: yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar 4. Litsenziyalovchi organ: veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: a) ariza; arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: Yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), filiallari (mavjud bo‘lsa, har birining manzili alohida ko‘rsatilishi shart), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; Yakka tartibdagi tadbirkor uchun: familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport yoki ID-kartaga oid ma’lumotlar (pasport seriyasi va raqami, JShShIR), yashash manzili, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; b) arizaga yakka tartibdagi tadbirkorlar veterinariya mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot to‘g‘risidagi diplomidan yoki uning ko‘chirmasidan nusxa ham ilova qiladi. Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi. 6. Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida 7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida 8. Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 10 ish kuni 9. Litsenziya talablari va shartlari: a) veterinariya faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari talablariga rioya etish; b) yakka tartibdagi tadbirkor veterinariya yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi;* d) yuridik shaxs shtatida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga va veterinariya sohasida maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan veterinariya mutaxassislarining mavjud bo‘lishi;* e) yuridik shaxs xodimlarining, veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning kamida 5 yilda bir marta malaka oshirishi; f) litsenziya talabgori yoki litsenziat veterinariya faoliyatini amalga oshirish uchun unga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega bo‘lishi; g) veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishni faqat ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshirish; g‘) O‘zbekiston Respublikasida ruxsat berilgan diagnostika usullarini va veterinariya preparatlarini qo‘llash; h) veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirishga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: bino ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanishi shart; binoning atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan bo‘lishi zarur; veterinariya muassasalari ixtisoslashishiga ko‘ra quyidagi minimal talablarga javob beradigan xonalardan iborat bo‘ladi: namuna qabul qilish xonasi - 10 m2; diagnostika xonasi - 8 m2; hayvonlarni yorib ko‘rish xonasi - 8 m2; utilizatsiya qilish xonasi - 8 m2; dori vositalarini saqlash xonasi (omborxona, yerto‘la) - 4 m2; yuvish-sterilizatsiya xonasi - 4 m2; xizmatchilar xonasi - 4 m2; qo‘l yuvish moslamasi (sanuzel bilan) - 2 m2 dan kam bo‘lmasligi zarur; veterinariya muassasasi binosi xonalarining pol qismlari suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan qoplangan, xonaning ichki devori poldan - 1,5 m balandlikkacha moybo‘yoq bilan bo‘yalgan yoki kafel bilan qoplangan bo‘lishi shart. veterinariya muassasalarida kichik avtoklav, tibbiyot dori qutichasi, elektr suv hammomi, lakmus qog‘ozi, tarozilar, gemoglobinometr, gidropult, distilyator, teri orasiga tuberkulinizatsiya qilish uchun ignasiz in’ektor, muzlatuvchi kamera, kutimetr, mikroskop, itlar uchun tumshuqband, veterinar sumkasi, hayvonlar uchun fiksatsiya stanogi, stetofonendoskop, termometr, biopreparatlarni tashish uchun termochemodan, maishiy sovitkich, qurutish shkafi, pipetkalar uchun shtativ, probirkalar uchun shtativ, biks, yirik hayvonlar uchun qin oynasi, qoramollar uchun oshqozon zondi, yarim avtomat va avtomat in’ektorlar, perkussiya bolg‘asi, akusherlik yig‘masi (nabor), plessimetr, troakar, patmaterial uchun bankalar, kolbalar, bakteriologik probirkalar, menzurka, shisha tayoqcha yoki paster pipetkasi, buyum oynasi, qoplagich oyna, petri chashkasi, bint (uzunligi 3,5 metr), butilkalar, esmarx kurujkasi, qo‘lqoplar, rezina fartuk, rezina etik yoki tapochka, stol, stul, dori vositalari uchun shkaf, kompyuter, oq xalat kabi moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lishi talab etiladi; i) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, biologik preparatlar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiena vositalarini sotish uchun binoga (xonaga) qo‘yiladigan talablar: litsenziya talabgorida mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli veterinariya normalari va qoidalariga muvofiq binolarga yoki xonalarga ega bo‘lishi; binolar (xonalar) ichimlik suv, elektr va issiqlik energiyasi, kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanishi; binoda (xonada) amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyat yo‘nalishlariga ko‘ra tegishli mebellar (ish stoli va stullar, kiyim-bosh, poyabzal va sanitariya-gigiena kiyimlarini alohida saqlash uchun shkaf), asbob-uskunalar (dori vositalarini guruhlar bo‘yicha saqlash uchun javonlar, metall javon va seyf, termolyabil preperatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich va idishlar), veterinariya preparatlarini retsept asosida tayyorlash va sotish uchun asbob-uskunalar va jihozlar, biologik preparatlarni saqlash uchun maxsus kamerali muzlatkich bilan jihozlanishi; vet-dorixonalar turar joy yoki jamoat binolarining birinchi qavatida joylashishi mumkin; vet-dorixona binosi (xonasi) va maydoniga bo‘lgan eng kam talab: tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish zali - 16 m2 (xodimlar ish joyi va vitrina joylashtirish hududi - 8 m2, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish hududi - 8 m2); retsept asosida dori vositalarini (biologik preparatlar bundan mustasno) tayyorlash va qadoqlash xonasi - 4 m2; dori vositalarini saqlash xonasi (termolyabil vositalar uchun sovitkich bilan) - 2 m2;* ovqatlanish, maxsus kiyim, shaxsiy buyumlarni saqlash uchun qo‘shimcha xona - 2 m2; dori vositalarini saqlash xonasi binoning pastki qismida, xona balandligi 2,4 metrdan kam bo‘lmagan holda joylashtirilishi mumkin; veterinariya uchastka binosida ochilgan dorixona filiallari 8 m2dan kam bo‘lmagan maydonda joylashtirilishi mumkin; tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish zaliga (savdo zali) kerakli haroratni ta’minlaydigan konditsioner o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; dori vositalarini saqlash xonalarida havo haroratini qayd etish uchun devoriga poldan 1,5 - 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada termometrlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; faoliyat yo‘nalishida biologik preparatlarni sotish bo‘lgan dorixonalarda ularning saqlanishi bo‘yicha yo‘riqnoma talablarini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lgan maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak; j) veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashga qo‘yiladigan eng kam talab: veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar alohida qurilgan, atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan bo‘lishi shart; veterinariya preparatlari, shu jumladan, veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiena vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash korxonalarida quyidagi bo‘limlar ko‘zda tutilishi kerak: tovarni qabul qilish va jo‘natish bo‘limi. Bo‘lim yukni tushirish, idishlarni ochib turlarga ajratish xonasi - 12 m2, yukning holatini tekshirish (dori vositalarini identifikatsiyalash) xonasi - 6 m2, reklamatsiya berilgan tovarlarni vaqtincha saqlash xonasi - 6 m2, tayyorlash xonasi - 15 m2, bo‘shagan idishlarni saqlash xonasi - 6 m2 bo‘lishi kerak; tovarni saqlash bo‘limi (omborxonalar, shu jumladan, sovitish kamerasi). Bo‘limda veterinariya preparatlari, dori vositalari, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiena vositalari, dezinsektsiya, deratizatsiya va dezinfektsiya vositalari alohida-alohida saqlanadi. Omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yo‘lakchasi va maydoniga ega bo‘lishi kerak. qadoqlash bo‘limi (agar, korxonada sanoat asosida ishlab chiqarilgan dori vositalarini qadoqlash amalga oshiriladigan bo‘lsa). Bo‘lim qadoqlash xonasi - 6 m2, idishlarni yuvish va quritish xonasi - 6 m2, yordamchi materiallarni saqlash xonasi - 6 m2 kabilardan iborat bo‘ladi; k) biologik preparatlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyatiga qo‘yiladigan eng kam talablar: korxona hududi begona shaxslarning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi yaxlit devor bilan o‘ralishi, elektr yoritgichlar bilan jihozlanishi hamda kecha-kunduzgi qo‘riqlash tizimiga ega bo‘lishi lozim; biologik preparatlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ekt uchun ma’muriy-xo‘jalik xizmatlar binosi (xonalar), ixtisoslashuviga ko‘ra ishlab chiqarish binosi, tajriba hayvonlarni saqlash uchun vivariy, kasal hayvonlar uchun izolyator mavjud bo‘lishi kerak; korxona hududiga kirish va chiqishda, avtotransportni yilning istalgan davrida dezinfektsiyalash uchun moslama bilan jihozlangan nazorat-ruxsat punktlari bo‘lishi lozim; ma’muriy-xo‘jalik xizmatlar binolari (xonalar) va korxona oshxonasi ishlab chiqarish hududidan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish binosi va zarur bo‘lgan moddiy texnik bazalarga bo‘lgan talablar: ishlab chiqarish hududining maydoni ishlab chiqarish xususiyati (foydalaniluvchi mikroorganizmlar guruhi), tevarak-atrof xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlangan sanitariya-himoya zonasi mavjud bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish hududida chiqindilarni to‘plash uchun doimiy ravishda tozalanib dezinfektsiyalanadigan bunkerlar (metall konteynerlar) o‘rnatilgan asfaltlangan (betonlangan) maydonchalar, go‘ngni biotermik zararsizlantirish uchun (kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar go‘ngi bundan mustasno) 3 sektsiyadan iborat beton bilan to‘silgan go‘ngxonalar, kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar go‘ngini yoqish uchun maxsus pech, Bekkar chuquri bo‘lishi kerak; biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish hududida boshqa veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar, farmatsevtik va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi; ishlab chiqarish binolari texnik normativ hujjatlarga muvofiq talab qilinadigan tozalik darajasiga va ishlab chiqarish jarayonining mantiqiy ketma-ketligiga mos kelishi, havo shlyuzlari va havo tortish qurilmalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak; ishlab chiqarish binosini (xona) loyihalashtirishda kanalizatsiya oqimiga ulanadigan nuqtalar oqova suvning orqaga oqishining oldini oluvchi uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishini, atmosfera, yomg‘ir va yuvindi suvlarini kanalizatsiyasiga ketkazish uchun qiyalik mavjudligi, quvurlar, yoritish moslamalari, shamollatish moslamalari va boshqa xizmat ko‘rsatish tizimlarni tozalash noqulay bo‘lmasligini, ishchilarning asbob-uskunalardan erkin foydalanishi ularni tozalash, yuvish va dezinfektsiya qilish hamda xonani yig‘ishtirish, dorivor xom ashyo, veterinariya preparatlari va chiqindilarning qarshi oqimining oldini olish, dorivor xom ashyo, materiallar va veterinariya preparatlarining aralashib ketishining oldini olgan holda saqlash va tashish imkoniyati inobatga olinishi kerak; ishlab chiqarish binosining (xonasining) devori, shifti va pollari dezinfektsiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yo‘l qo‘yiladigan holda ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Ta’mirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli bo‘yoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qo‘llanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplangan bo‘lishi kerak; infektsiya qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlash xonalarida chiqindilarni yoqish yo‘li bilan zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun pech, yirik va mayda hayvonlar jasadini zararsizlantirish uchun maxsus qozonlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; korxonaning ixtisoslashuviga ko‘ra ishlab chiqarish hududida quyidagi bo‘limlar bo‘lishi kerak: xom ashyo ombori va tovarlarni qabul qilish bo‘limi; etalon va nazorat shtammlarini saqlash bo‘limi; biologik veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi bo‘limi; demineralizatsiyalangan suv tayyorlovchi tayyorlov bo‘limi; yuvish, sterilizatsiyalash va muhit tayyorlov bo‘limlari; vivariy bo‘limi (vivariyni xonalari «toza» va «notoza» hududlarga bo‘lingan bo‘lishi kerak); kasal hayvonlar uchun izolyator; parranda tuxumlarini inkubatsiyalash bo‘limi; ishlab chiqarilgan biologik preparatlarni nazorat qilish bo‘limi; sovitish kameralari; yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar uchun maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan omborxonalar; tayyor mahsulotni qadoqlash bo‘limi; oqova suvlarni zararsizlantirish uchun tozalovchi va sterillovchi moslamalar; sanpropustnik; ishlab chiqarish hududidagi bo‘lishi kerak bo‘lgan bo‘limlarning xonalari ular bajaradigan funktsiyalarga qarab bir-biri bilan o‘zaro funktsional bog‘liq holda hamda boshqa maqsadda foydalaniluvchi xonalardan ajratilgan blokni tashkil qilib, alohida kirish eshigiga ega bo‘lgan holda joylashtirilishi zarur; kasal hayvonlar uchun izolyator atrofi yaxlit devor bilan o‘ralgan va vivariydan kamida 100 m oraliqda bo‘lishi kerak;* bir vaqtning o‘zida bir necha xil biologik veterinariya dori vositalarini qadoqlash rejalashtirilgan korxonalarda qadoqlash liniyalarini soni ishlab chiqarilayotgan biologik veterinariya dori vositalarini turiga mutanosib bo‘lishi va aloxida-aloxida xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak; biologik veterinariya dori vositalari saqlanadigan omborxonalar maxsus kamerali sovitkich bilan jihozlangan, quruq, qorong‘i bo‘lishi va unga biologik preparatlar saqlash bo‘yicha mas’ul shaxs biriktirilgan bo‘lishi shart. 10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: mavjud emas 11. Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan 12. Izoh. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.
BatafsilChorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida MA’LUMOT O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VM-367-son qarorida: - parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar 2500 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi), 2024 yil 1 yanvardan 1000 so‘m; - chorvachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrami uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar 4 000 so‘m hamda sutning har bir litri uchun 400 so‘m. Bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi; - baliqchilik xo‘jaliklariga - intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab 3000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1000 so‘m miqdorida ajratish belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-434-son qarorida: - Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga Respublika budjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratish; - Subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, kontragentning soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda ajratish; - Subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - komissiya) tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda subsidiya ajratilmasligi; - Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga (keyingi o‘rinlarda - Vakil) ariza bilan murojaat qilishi; - Subsidiya oluvchi o‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so‘ng Agentlik komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari natijasiga ko‘ra subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan besh ish kunida ariza beruvchiga elektron shaklda javob xati yuborilishi belgilangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangidan ochilgan va hozirda faoliyat yuritayotgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-2022-yillar mobaynida jami 42 ta xo‘jaliklarga 1 mlrd 600 mln so‘mdan ortiq subsidiyalar berilmoqda. Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan MAHSULOTLAR RO‘YXATI T/r Mahsulot nomi O‘lchov birligi Mahsulot (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi 1. Sigir suti litr 04010402 2. Echki va qo‘y suti litr 0401209900 3. Qoramol go‘shti (tirik vaznda) kg 0201300005 4. Qo‘y va echki go‘shti (tirik vaznda) kg 0204230000, 0206809900 5. Parranda tuxumi dona 0407210000 6. Parranda go‘shti (so‘yilgan vaznda) kg 0207141009 7. Baliq (losos, forel va osyotr) kg 0303130000 8. Boshqa turdagi baliq kg 0305697000 Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining subsidiya olish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi SXEMASI Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Subsidiya oluvchi Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga (keyingi o‘rinlarda — Vakil) ariza bilan murojaat qiladi. o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin 2-bosqich Komissiya (Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi) Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga ko‘ra sotiladigan mahsulotlarni o‘z xo‘jaligida yetishtirilganligi va mahsulotlarning tegishli turlari bo‘yicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda “O‘zbekchorvanasl” agentligiga taqdim etadi. besh ish kunida 3-bosqich “O‘zbekchorvanasl” agentligi “O‘zbekchorvanasl” agentligi xulosa kelib tushgan sanada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi. uch ish kunida 4-bosqich “O‘zbekchorvanasl” agentligi Subsidiya oluvchi o‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so‘ng Agentlik komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari natijasiga ko‘ra subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan ariza beruvchiga elektron shaklda javob xati yuboradi. besh ish kunida 5-bosqich Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari ijobiy bo‘lgan taqdirda, elektron shakldagi ma’lumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot tizimi orqali Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboradi. bir ish kunida 6-bosqich Moliya vazirligi G‘aznachiligi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot tizimi orqali kelib tushgan Agentlikning xulosasini olgandan so‘ng budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablag‘lar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi. bir ish kunida 7-bosqich Moliya vazirligi G‘aznachiligi Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan ajratiladi. keyingi oyning 25-sanasiga qadar Chorvachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan go‘sht (tirik vaznda) va sut mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza NAMUNASI 1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xo‘jalikda yetishtirilgan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan go‘sht, tirik vaznda (kg) sut (litr). 8. Ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan so‘yish korxonasining nomi va manzili 9. So‘yiladigan hayvonning identifikatsiya raqami Parrandachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza NAMUNASI 1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan parranda go‘shti (kg) 8. Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan tuxum (dona) Baliqchilik subyektlari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan va sotilgan losos, forel, osyotr baliqlari (kg) va boshqa turdagi baliqlar uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza NAMUNASI 1. Yuridik shaxsning to‘liq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan losos, forel va osyotr baliqlari (kg) 8. Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan boshqa turdagi baliqlar (kg)
BatafsilQudratli mamlakatimizning bepoyon kengliklari, go‘zal tabiati, purviqor tog‘lariyu jannatmonand bog‘lari, ko‘hna daryolariyu oydin ko‘llari, ko‘kka bo‘y cho‘zgan shaharlariyu chiroy ochgan qishloqlari, buyuk ajdodlarimizning barhayot siymolari va ularga munosib avlodlarning azmu shijoatga to‘la nigohlari, bag‘rikeng, mehmondo‘st xalqimizning yuksak bunyodkorlik va yaratuvchanlik salohiyati, buguni va ertasi, sarhadlarda sergak turgan tinchlik posbonlariyu baxtli hayotdan masrur o‘g‘il-qizlarning shodon kulgulari, mustaqil Vatanimizning shonu shuhrati... Har tong davlatimiz madhiyasi sadolari ostida yangi kunni kutib olar ekanmiz, ko‘z oldimizda ana shu manzara namoyon bo‘ladi. Uning har bir chuqur ma’noga ega satri, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qo‘yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo‘sh urdiradi. Davlat ramzlari mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi, xalqimizning sha’nu shavkati, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etuvchi muqaddas timsollardir. Shu bois Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillikning ilk kunlaridan xalqimizning ozodlik, hurlik singari eng buyuk orzu-intilishlarini, ma’naviy qadriyatlarini ifodalovchi, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtga sadoqat, bunyodkorlik va yaratuvchanlikka undovchi Bosh qo‘shiqni qabul qilishga asosiy e’tibor qaratildi. 1992-yil 10-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Mazkur qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo‘r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir. 2010-yil 24-dekabrda mazkur qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, fuqarolarimiz, shuningdek, mamlakatimizda bo‘lib turgan boshqa shaxslar madhiyamizni hurmat qilishi shart. Milliy madhiyamiz muazzam sadolari davlatimiz rahbarining turli mamlakatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida, O‘zbekistonga kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini kutib olish marosimlarida, yurtimizda o‘tayotgan umumxalq bayramlarida, yirik xalqaro anjumanlar, tinchlik va do‘stlik kelishuvlarida, sport musobaqalarida va sportchilarimizning xalqaro musobaqalarda eng baland shohsupaga ko‘tarilgan paytida baralla yangramoqda. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot, Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon! Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon!
BatafsilQishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov topshirig‘iga ko'ra qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev tomonidan tuzilgan olimlar ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida o‘z ishini boshladi. Tuman hokimligi binosiga hududning eng ilg‘or fermer, dehqon xo‘jaliklari va agroklaster vakillari taklif etildi. Ularga O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalaridagi yuqori tajribali olimlar tavsiya berishdi. Toshkent davlat Agrar universiteti proffessori, q.x.f.d Usmon Norqulov Paxta agrotexnikasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda hosildorlikka erishish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazi bilan hamkorlikda 23 avgust kuni “Orolbo'yi mintaqasida ayollarnining potentsialini kuchaytirish, innovatsion usulda tayorlangan kompostdan foydalanish orqali sho'rlangan tomorqa yer maydonlarining samaradorligini oshirish va hududning ekologik vaziyatini yaxshilash” mavzusida konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiya Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar Qo'mitasi raisi M.Axmedova, Qurg'oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) direktori A.Karimov, O'zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A.Axmedjanova, Qoraqalpog'iston Ekologiya qo'mitasi raisi A.Saparovlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlari va Nukus tumanining bir qancha ayollari ishtirokida o'tkazildi. Konferentsiyada Markazimiz mutaxassisi Sh.Saginbaeva “Agroturizm – perspektivnoe napravlenie agrobiznesa” mavzusida chiqish qilib, tashqi va ichki sayyohlarning qishloq joylarda qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida qatnashish, qayta ishlashga bo'lgan qiziqishlarini va ko'nikmalarini oshirish, shu orqali kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishimiz, shuningdek, aholining ekologik toza mahsulotlarga bo'lgan talabining ortishiga va qishloq joylarda yangi ish o'rinlari sonining ko'paytirilishiga erishilishi mumkinligi bo'yicha taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek sohaga doir olimlar va mutaxassislar tomonidan Orolbo'yi mintaqasidagi ayollarning agrar sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, tomorqadan foydalanishda tomorqa madaniyatini shakllantirish, sho'rlangan tomorqa yer maydonlarining samaradorligini oshirishda uy sharoitida kompost tayyorlash usullari, sut yo'nalishidagi chorva mollarini oziqlantirishda oziqa ratsionini to'g'ri tuzish, Mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashda chiqindilardan samarali foydalanishning ahamiyati bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi.
BatafsilQoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Dukkakli don ekinlari selektsiyasi va yetishtirish agrotexnikasi laboratoriyasi sharoitida "Juzbasы" va"Abdi-Esen" klasterlariga ekish uchun keltirilgan kuzgi bo'g'doy urug'liklarinining sifat ko'rsatkichlarini (ko'karish kuchi va ko'karuvchanlik hususiyatlari) aniqlanib, urug'liklarni ekishga tayyorlashni sifatli tashkil etish, kuzgi bug'doyni ekishni to'g'ri olib borish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 27 iyul kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishi topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida 2022 yil 30 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev tasdiqlagan (01-09/8-07/767-son) Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida anomal issiq haroratdan g'o'zani saqlash, agrotexnika tadbirlarini barcha hududlarda amalga oshirish bo'yicha joriy yil 1 avgustdan 30 avgustgacha «Dolzarb 30 kunlik»da amalga oshiriladigan tadbirlar bo'yicha ish rejasi asosida olimlar va soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tuzildi. Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda Dolzarb 30 kunlikda amalga oshiriladigan tadbirlar hamda Respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiq haroratning g'o'zaga salbiy ta’sirini yumshatish, yetishtirilgan hosilni saqlab qolish va hosilga-hosil qo'shish maqsadida Qorao'zak tumanidagi paxta-to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklariga tushuntirish ishlari olib borildi hamda ilmiy asosda tayyorlangan tavsiyalar tarqatildi.
BatafsilQoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida joriy yilning 11 avgust kuni Don va sholi IIChB tajriba xo'jaligida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Agrar, suv xo'jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo'mitasi raisi D.Utambetov, “Urug'chilikni rivojlantirish markazi” DM Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasidan sohada mas’ul bo'lgan xodimlari, Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i R.Bekniyazov hamda Nukus tumani klaster va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida sholi ekinlarini oziqlantirish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda samarali vositalardan foydalanish, shuningdek, urug'lik sholi maydonlarini navga xos bo'lmagan o'simliklardan tozalash, yuqori sifatli urug'lik sholi yetishtirishda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish maqsadida ko'rgazmali dala seminari tashkil etildi. Seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori o'rinbosari B.Seitmusaev ochib berib, qishloq xo'jaligida ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlashda AKISning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi hamda xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda sholining urug'chiligini samarali yo'lga qo'yish, yuqori hosildorlikka erishish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani va bu ishlar o'z samarasini berayotganligini aytib o'tdi. Bundan so'ng Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari B.Qodirov va N.Otamirzaevlar Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi olimi O.Abillaev, shuningdek sohaga doir mutaxassislar tomonidan sholidagi asosiy kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari hamda urug'lik uchun ekilgan sholi maydonlarini aprobatsiyadan o'tkazish va xujjatlashtirish bo'yicha seminar qatnashchilariga ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar so'ngida qatnashchilar, Birlashmaning tajriba xo'jaligida Qoraqalpog'iston tuproq-iqlim sharoitida, qurg'oqchilik va sho'rlanishga chidamli qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish loyihalari doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirilib, ushbu o'simliklarni innovatsion usullardan foydalangan holda yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha fermer xo'jaliklariga ma’lumotlar berildi.
Batafsil2022 yil 14 iyun kuni Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba dalasida Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi xodimlari, Birlashma olimlari hamda Nukus tumanidagi 18 fermer xo'jaliklari ishtirokida “sug'oriladigan maydonlarda sholi yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish” bo'yicha ilmiy amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda suvni tejashda lazerli tekislagichdan foydalanishning ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilib, fermer xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javob oldilar.
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori A.To'raev 2022 yil 15 iyun kuni tasdiqlagan “Respublikamizda takroriy muddatlarda, boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarda don-dukkakli, moyli, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish va parvarishlash” bo'yicha ko'rgazmali o'quv-amaliy seminar Dastur asosida joriy yilning 16 iyun kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining Qishlok xo'jaligida bilim va inovatsiyalar tizimini rivojlantirish boshkarmasi bilan kelishilgan holda O'simliklar genetik resurslari ITI, Sholichilik ITI, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIlari ma’ruzachi olimlari belgilangan muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasiga kelib ulgura olmaganligi sababli o'quv-amaliy seminar ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Seminar S.Shamshetov rahbarligida olib borilib, barcha tuman qishloq xo'jalik bo'limlari hamda tumanlar kesimida jami 1000 dan ziyod klaster va fermer xo'jaligi rahbarlari qatnashib, qishloq xo'jalik ekinlaridan bo'shagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha O'simliklar genetik resurslari ITI olimi H.Hasanov, Sholichilik ITI direktori M.Sattorov, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI direktori R.Nizomov va ilmiy xodimi F.Rasulov tomonidan tavsiya va ko'rsatmalar berildi. Seminar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jalik vazirligi hamda seminar ishtirokchilari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida takroriy ekin ekishni to'g'ri olib borish, ilmiy asoslangan tavsiyalarni joylashtirish, fermerlar murojaatini o'rganish, ko'rsatmalar berish maqsadida Respublika klaster va fermerlari uchun telegram guruhi ochib doimiy ravishda konsultatsiyalar berib borishga kelishib olindi.
BatafsilQishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining Beruniy tumanidagi xududiy innovatsion texnoparki bilan hamkorlikda Beruniy tumanining 5 fermer xo'jaliklariga qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda Yerlarga asosiy ishlov berish mashinalaridan unumli foydalanish, Yer tekislash mashinalaridan unumli foydalanish, Yerlarni ekishga tayyorlash mashinalaridan foydalanish, Urug' ekish mashinalaridan unumli foydalanish, Ekinlarni parvarishlash mashinalaridan unumli foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar elektron shaklda tarqatilib, qishloq xo'jaligi texnika va texnika vositalaridan to'g'ri foydalanish bo'yicha metodik xizmatlar ko'rsatildi.
Batafsil“IMPETUS NOVA CHEMICALS” MChJning O'zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlash markazi tomonidan ro'yhatga olingan “Novagumin” “Novaammofos” “Kompleks gektar” bioo'g'itlarini Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jalik ekin maydonlarida sinovdan o'tkazish bo'yicha 30 may kuni Markazimizning laboratoriya mudiri S.Ajiniyazov “IMPETUS NOVA CHEMICALS” MChJ direktori U.Ashurov bilan uchrashib, kelishib olindi.
BatafsilQoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi Vazirligi tomonidan 2022 yil 30 maydagi Qoraqalpog'iston Respublikasida 2022 yil hosili uchun ekilgan kartoshka maydonlarining bugungi kundagi holatini o'rganish bo'yicha IShChI GURUH tuzilgan bo'lib, 30 may – 2 iyun kunlari Ishchi guruhda rahbar S.Shamshetov, ishchi guruh a’zolari S.Ajiniyazov, M.Saparniyozov, J.Nizanovlar tomonidan Respublikamiz hududlarida 2022 yil hosili uchun ekilgan kartoshka maydonlarining bugungi kundagi holati joyida o'rganilib, ma’lumotlar tayyorlanib, hisoboti Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligiga topshirildi.
BatafsilO‘zbekistonda o‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun shu kunga qadar respublikaning barcha hududlarida 420 dan ziyod O‘simliklar klinikalari tashkil etildi. Foydalanilmayotgan bo‘sh turgan binolar va xonalar «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar asosida o‘simliklar klinikalarini tashkil etish uchun «nol» harid qiymati bo‘yicha sotilishini yoxud uzoq muddatga bepul foydalanish uchun berilishini ta’minlash belgilangan. Bundan tashqari mazkur xujjatga ko‘ra, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan O‘simliklar klinikalariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: · zararsizlantirish bo‘yicha kamida to‘rt nafar kishidan iborat otryadlar tashkil etish hisobiga o‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatish; · qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha vositalar, shu jumladan: feromon tutqichlar; zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomaxsulotlar; girbitsitlar, fungitsidlar, instektitsidlar, instektoakaritsidlar, nematotsidlar va biopreparatlar bilan ta’minlash; · uzluksiz sotishni ta’minlash uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preperatlarning minimal assortimenti majburiy mavjud bo‘lishi; · binolar va xonalarga qo‘yiladigan ekologik talablar, sanitariya normalari, qoidalari va gigenik normativlarga rioya qilish; · zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarni aniqlash uchun tegishli laboratoriya uskunasi, inventar mavjud bo‘lishi, shuningdek, o‘simliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy va biologik vositalarni tayyorlash hamda qadoqlash. Yuqorida keltirilgan talablarning nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ularda o‘simliklarning zararlanish darajasini aniqlash hamda uning oldini olish, chidamli ekin turlarini ekish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga qarshi samarali (biologik, kimyoviy) kurashish choralarini ko‘rish, aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlar sifatini bo‘yicha tavsiyalar berish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. O‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan ta’minlash va to‘g‘ri ishlov berish o‘simliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
BatafsilAsalarichilik xo'jaliklarini tashkil qilish, asalari oilalari biologiyasi va anatonomiyasi, parvarishlash, ko'paytirish texnologiyalari siz uchun qiziqarlimi? Respublikamizdagi ona va asalari oilalarini (paketlar) yetishtirayotgan asalarichilik xo'jaliklari hamda kerakli asbob anjomlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar to'g'risida ma’lumotlarni bilishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa Markazimizning rasmiy veb-saytidagi qabulxonasiga murojaat yo'llashingiz mumkin.
BatafsilQishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil yetishtirishda yerlarni sifatli va chuqur kuzgi shudgorlash, erta bahorda dalani ekishga sifatli tayyorlash, urug'larni ekish va parvarishlash agrotexnik tadbirlarni o'tkazishda zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanib yuqori samaradorlikka erishiladi. Hozirgi paytda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining Beruniy tumanidagi “Agromeliorativ Texnologik Park”ida xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarni ijaraga berish xizmati mavjud bo'lib, klaster va fermer xo'jaliklari yuqori samaradorlikka ega texnikalardan foydalangan holda sifatli, mo'l hosil olishga erishmoqda. Hurmatli klaster, dehqon va fermer xo'jaligi rahbarlari, yuqoridagilarni inobatga olgan holda qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarini ijaraga olish hamda ulardan samarali foydalanishda metodik xizmat (tavsiya va ko'rsatmalar) ko'rsatish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi innovatsion agroxizmatlar markazining rasmiy virtual qabulxonasiga (https://akiskr.uz/feedback) murojaat yo'llashingiz mumkin.
Batafsil2022 yil 13 may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda, Institutning tajriba dalasida Chimboy tumanining 20 dan ziyod fermer va dehqon xo'jaliklari ishtirokida “Qoraqalpog'iston sharoitida g'o'za ekilgan dalalarda kultivatsiya o'tkazish va g'o'zani yagonalash va boshqa agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha” ilmiy-amaliy o'quv seminar tashkil etildi. Seminarni S.Shamshetov ochib berib, qishloq xo'jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash hamda agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida to'g'ri tashkillashtirish lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi. Seminar davomida Institut olimlari tomonidan g'o'zani yetishtirish agrotexnologiyalari hamda yomg'irdan keyingi amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo'yicha seminar qatnashchilariga ilmiy-asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar so’ngida Markaz direktori S.Shamshetov Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi biolaboratoriyada bo'lib, Chimboy tumanidagi fermer va dehqon xo'jaliklariga g'o'za va boshqa kishlok xo'jalik ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi kurashishda ushbu laboratoriyada yetishtirilayotgan entomofaglardan (trixogramma, oltinko'z, brakon) foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Batafsil2022 yil 11 may kuni Nukus tumanidagi Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida “2022 yil hosili uchun urug'lik maqsadida ekilgan g'alla maydonlarini dala aprobatsiya ko'rigidan o'tkazish” bo'yicha ko'rgazmali seminar tashkil etildi. Seminar Jo'qorg'i Kenesining agrar, suv xo'jaligi va tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi (D.Utambetov), Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari (D.Qaypov), Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri (Z.Ziyadullaev), Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori (S.Shamshetov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i (A.Yuldashev), Urug'chilikni rivojlantirish markazi DMning Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig'i (S.Sabirov), Agrosanoat majmuida xizmatlar ko'rsatish markazi DUKning Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali boshlig'i (I.Mamutov), O'simliklar karantini va himoya agentligi boshlig'i (A.Turdishev), “TILEKLES AGROXIMIKAT” MChJ rahbari (S.Ajiniyazov), Tuman hokimlari va qishloq xo'jaligi boshqarmalari, hududiy don korxonalari, g'allachilik yo'nalishidagi 100 dan ortiq klaster va urug'chilik xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tkazildi. Mazkur seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov ochib berib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martda “oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi VM-147-sonli qaroridagi bu yilgi g'allani sifatli yig'ib olish va saqlash masalalari bo'yicha to'xtalib, tegishli mutassaddilarga topshiriqlar berdi. Seminar davomida S.Shamshetov so'zga chiqib, AKISning vazifa va funktsiyalari, qishloq xo'jaligida ilm va innovatsiyalarni urug'chilik xo'jaliklariga yetkazishdagi o'rni to'g'risida to'xtalib, urug'lik g'allani parvarishlash agrotexnologiyalari, kasallik va zararkunandalariga qarshi o'z vaqtida kurashish chora-tadbirlari hamda pishib yetilgan g'allani sifatli yig'ishtirib olish va saqlash ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, seminar davomida markazimiz tomonidan g'allaning o'sishi va rivojlanishida, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda qo'llaniladigan gerbitsidlar, insektoakaratsid, fungitsid va biostimulyatorlar namoish qilinib, qo'llash tartibi va muddatlari to'g'risida tavsiyalar berildi.
BatafsilRespublikamizdagi qishloq xo'jaligi klasterlari, dehqon va fermer xo'jaliklari, tomorqa yer egalariga asalarichilik xo'jaliklarini qishloq xo'jaligi yerlariga joylashtirish, asalarilar uchun sun’iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga ko'maklashish, ozuqa bazasini mustahkamlash, asalari kasalliklarining oldini olish, davolash va tashxis qo'yish bo'yicha zamonaviy va ilg'or usullarni joriy etish bo'yicha agroxizmatlar turlarini tashkil etish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Asalarichilar uyushmasi ortasida memorandum tuzildi.
BatafsilJoriy yilning 5 may kuni Akademik M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog'iston ilmiy-tajriba stantsiyasi tajriba xo'jaligida Kegeyli tumanining bir nechta bog'dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo'jaliklari ishtirokida Uzumni kesish, xomtok qilish va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi. Seminarda uzumni xomtok qilishning ahamiyati va tartibi bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilib, bog'dorchilik xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga tegishlicha javob oldilar.
BatafsilJoriy yilning 4 may kuni Markazning rasmiy veb-sayti virtual qabulxonasiga Amudaryo tumanida joylashgan “Aytimbetov Qurbonboy” fermer xo'jaligidan (04.05.2022 y. №2) kelib tushgan murojaati tegishli tartibda o'rganib chiqilib, "QANJIG'ALI BIOSERVIS" biolaboratoriyasi rahbari bilan uchrashtirilib, amaliy tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
BatafsilQoraqolpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil 28 apreldagi 84-13-0-F/22 -sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 30 aprel kuni markaz xududidagi mavjud daraxtlarni oqlash va butash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borildi.
Batafsil2022 yil 23 aprel kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlarining ekstenshn markazlari mintaqaviy tarmog'ida tajriba almashinuvi va agrobiznes hamda qishloq xo'jaligini yuritish amaliyotida ayol-fermerlarni bilim va ko'nikmalarini yaxshilash” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil qilindi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori S.Shamshetov va xodimlari, bir qator olimlar hamda ayol-fermerlar ishtirok etdi. Tadbirni Markaz direktori S.Shamshetov ochib berib, tadbir ishtirokchilariga AKISning qishloq ho'jaligi sohasida tutgan o'rni va ahamiyati, unda ko'rsatiladigan xizmatlar haqida keng ma’lumot berdi. Bundan so'ng, tadbirni markaz bosh mutaxassisi Sh.Saginbaeva o'zining «Agroturizm – agrobiznesning dolzarb yo'nalishi» mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. Seminar-trening davomida professor I.Normuratov «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik» bo'yicha ayol-fermerlarga amaliy tavsiyalar berdi. Bundan tashqari ishtirokchilarga professor J.Xudayqulov tomonidan «Soya o'simligining ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi» bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar, shuningdek soyani qayta ishlash yo'llari va uning natijasida olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berildi. Bundan so'ng, seminar-trening ishtirokchilari o'zini qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javoblar olishdi.Seminar-trening so'ngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
BatafsilJoriy yilning 13 aprel kuni Markaz direktori S.Shamshetov tomonidan Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba dalasida Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi xodimlari, Birlashma olimlari hamda Nukus tumanidagi 10 fermer xo'jaliklari ishtirokida “sholi yetishtirishda suvni tejash maqsadida yerlarni lazerli tekislagich bilan tekislash” bo'yicha ilmiy amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda suvni tejashda lazerli tekislagichdan foydalanishning ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilib, fermer xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javob oldilar.
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4803-sonli qarori 2a-ilovasi "Yo'l haritasi"ning 4.2-bandi ijrosi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi chorvachilik klasterlari, dehqon va fermer xo'jaliklariga agroxizmatlar turlarini tashkil etish maqsadida chorva mollari, parranda va baliqlarning kasallik va parazitlariga qarshi kurashish uchun dori vositalari hamda ozuqa qo'shimchalari bilan ta’minlash bo'yicha joriy yilning 11 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va “Prime Vet Nukus” xususiy korxonasi o'rtasida MEMORANDUM imzolanib, Dastur asosida hamkorlikda ishlashga kelishildi.
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-20-sonli va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi VM-709-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda “agroilm.akis.uz” tizimida 28 martdan 1 aprel kunigacha “chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavotchilik va polizchilik, issiqhona xo'jaligi, urug'chilik va ko'chatchilik, bog'dorchilik va uzumlichik, gulchilik” yo'nalishlarida 5 kunlik intensiv o'quv kurslari tashkil qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 6 kishi “issiqhona xo'jaligi”, “sabzavotchilik va polizchilik”, “chorvachilik”, “bog'dorchilik va uzumlichik” yo'nalishlarida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlagani uchun Markaz direktori S.Shamshetov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
BatafsilO'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri T.Rapikov 2022 yil 18 mart kuni tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkid etish bo'yicha ishchi guruhlar Grafigi” va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Sh.Teshaev tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkil etish uchun olimlar guruhlari Tarkibi)ga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda "Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiya-lari" mavzusida joriy yilning 24 mart kuni (9:00 dan 11:30 gacha) Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, M.Mirzaev nomidagi BUV ITIning QQ ITS, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Makkajo'xori ilmiy tekshirish stantsiyalari olimlari ishtirokida onlayn o'quv-seminari tashkil etildi. Onlayn o'quv-seminari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar ishtirokida olimlar so'za chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha tushintirish va maslahatlarini berdi. Seminarda barcha tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlari va tegishli soha mutaxassislari, tuman bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi rahbarlari, klasterlar, dehqon va fermer xo'jaliklari rahbarlari qatnashib, bahorgi ekish ishlarini amalga oshirish bo'yicha tushunchalarga ega bo'ldi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlariga olimlar tomonidan ishlab chiqilgan noqulay ob-havo sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarini klaster, dehqon va fermer xo'jaliklariga yetkazish bo'yicha topshiriqlar berildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
BatafsilQuyidagilar Agroxizmatlar markazining asosiy vazifalari hisoblanadi: Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) konsepsiyasini amalga oshirish; Yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish; Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik sub’ektlariga hududlarda agro maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy asoslangan tavsiya va xulosalarni berish; Qishloq xo‘jaligida davlat va xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish; Xududlardagi agromaslahat resurslarini muvofiqlashtirish va boshqarish; “Agrobank” ATBning hududiy bo‘limi bilan birgalikda Agroxizmatlar markazi orqali mavjud infrastrukturadan unumli foydalangan holda integratsiyalashgan agromaslahat xizmatlarini tashkil etish; Barcha hududlardagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan agromaslahat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; Tuman agromaslahatchi xodimlarini tanlash, malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish; Mahalliy ekspertlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, joylarda maslahat va trening o‘quv-kurslarini tashkil etish; Dala tajribalarini fermerlarga va tomorqa yer egalariga joyida namoyish etish hamda yangi texnologiya va vositalarni targ‘ib etish; Innovatsion texnologiyalarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishini ta’minlash uchun hududlarda seminarlar tashkil etish, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etishga ko‘maklashish; Tuman darajasida xizmatlar ko‘rsatishni boshqarish va nazorat qilish, ularning samarali monitoringini, baholashni, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini va xizmatlarni doimiy ravishda yaxshilashni o‘rganishni ta’minlash. Agroxizmatlar markazi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga hisobot topshiradi.
Batafsil
O'z
Qq
Ру
En