O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
1034 11-05-2022

2022 yil hosili uchun urug'lik maqsadida ekilgan g'alla maydonlarini dala aprobatsiya ko'rigidan o'tkazish bo'yicha ko'rgazmali seminar tashkil qilindi.
Фотография новости

2022 yil 11 may kuni Nukus tumanidagi Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida “2022 yil hosili uchun urug'lik maqsadida ekilgan g'alla maydonlarini dala aprobatsiya ko'rigidan o'tkazish” bo'yicha ko'rgazmali seminar tashkil etildi. Seminar Jo'qorg'i Kenesining agrar, suv xo'jaligi va tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi raisi (D.Utambetov), Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari (D.Qaypov), Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri (Z.Ziyadullaev), Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori (S.Shamshetov), Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i (A.Yuldashev), Urug'chilikni rivojlantirish markazi DMning Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig'i (S.Sabirov), Agrosanoat majmuida xizmatlar ko'rsatish markazi DUKning Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali boshlig'i (I.Mamutov), O'simliklar karantini va himoya agentligi boshlig'i (A.Turdishev), “TILEKLES AGROXIMIKAT” MChJ rahbari (S.Ajiniyazov), Tuman hokimlari va qishloq xo'jaligi boshqarmalari, hududiy don korxonalari, g'allachilik yo'nalishidagi 100 dan ortiq klaster va urug'chilik xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida o'tkazildi.

Mazkur seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov ochib berib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martda “oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi VM-147-sonli qaroridagi bu yilgi g'allani sifatli yig'ib olish va saqlash masalalari bo'yicha to'xtalib, tegishli mutassaddilarga topshiriqlar berdi.  Seminar davomida S.Shamshetov so'zga chiqib, AKISning vazifa va funktsiyalari, qishloq xo'jaligida ilm va innovatsiyalarni urug'chilik xo'jaliklariga yetkazishdagi o'rni to'g'risida to'xtalib, urug'lik g'allani parvarishlash agrotexnologiyalari, kasallik va zararkunandalariga qarshi o'z vaqtida kurashish chora-tadbirlari hamda pishib yetilgan g'allani sifatli yig'ishtirib olish va saqlash ishlarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, seminar davomida markazimiz tomonidan g'allaning o'sishi va rivojlanishida, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda qo'llaniladigan gerbitsidlar, insektoakaratsid, fungitsid va biostimulyatorlar namoish qilinib, qo'llash tartibi va muddatlari to'g'risida tavsiyalar berildi.