O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi (https://www.agro.uz/qor

Ko'p o'qilgan yangiliklar

23.03.2022 1293
Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazining vazifalari va funktsiyalari

Quyidagilar Agroxizmatlar markazining asosiy vazifalari hisoblanadi: qishloq xo'jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash; qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) kontseptsiyasini amalga oshirish; fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg'or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo'lga qo'yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish; barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish; qishloq xo'jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash; qishloq xo'jaligi sohasida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg'or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish; qishloq xo'jaligida davlat va xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko'nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog'ini rivojlantirish; xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko'maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning hamkorlik platformasini tashkil etish. Agroxizmatlar markazi o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi: a) qishloq xo'jaligi sohasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash sohasida: qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yuqori samarali, ko'p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; qishloq xo'jaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilg'or tajribasini o'rganish va ijodiy qo'llash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi ilmiy tashkilotlar xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish; tayyor ilmiy ishlanmalarni, ekinlarning yangi yuqori hosildor navlari, tejamkor arotexnologiyalar, hududlar sharoitini hisobga olgan holda yerga ishlov berish usullari, sug'orish rejimi, me’yori va muddatlari, qishloq xo'jaligi ekinlarining yuqori sifatli urug'liklari, ekin turlari bo'yicha va ekinlarning navlari bo'yicha yaratilgan samarali agrotexnik usullarni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun agrosanoat klasterlari, kooperativlar, fermer va dehqon xo'jaliklari bilan yaqindan manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish; qishloq xo'jaligi sohasidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqarishning ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash, oliy ma’lumotli kadrlarni agrar ilm-fani sohasiga jalb qilish, qorxona kadrlarining malakasini oshirish sohalarining o'zaro uzviyligini ta’minlash; b) qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) kontseptsiyasini amalga oshirish sohasida: mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sanitar-gigienik xavfsizligini ta’minlash bilan bog'liq ilmiy-amaliy tadbirlar bajarish, olingan natijalarni qishloq xo'jaligi korxonalariga yetkazib berish bilan bog'liq xizmatlarni rivojlantiirish; global iqlim o'zgarishi salbiy oqibatlarini va prognozini hisobga olgan holda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirib borishga qaratilgan barqaror boshqarish tizimini joriy qilish; qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymat zanjirini, jumladan agrar resurslar, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bozorlari hamda bozor infratuzilmalarni rivojlantirish, eksport va importni optimallashtirish bilan bog'liq masalalarning ilmiy va amaliy asoslarini yaratish, ilmiy natijalarni muntazam ravishda tegishli agroxizmatlar orqali qishloq xo'jaligiga yetkazib berish; agrar soha taraqqiyotini prognozlash va rejalashtirish, monitoring va baholash, shuningdek tizimning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy hamda tashkiliy asoslarini yaratishga qaratilgan qishloq xo'jaligida bilimlar va innovatsiyalar tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlash; qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini jahon andozalari doirasida samarali tashkil etishga qo'maklashish maqsadida xorijiy ekspertlar guruhini jalb etish; v) fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi klasterlari va kooperatsiyalari hamda ilg'or xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manfaatli ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini yo'lga qo'yish, yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida: respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potentsialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo'yicha takliflar tayyorlash; Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda boshqa idoralari bilan birgalikda qishloq xo'jaligi yerlari tuproq unumdorligini, qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, urug'chilikni rivojlantirish, resurs va energiya tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha dastur ishlab chiqish; Agroxizmatlar markazi tomonidan bajarilgan ilmiy- tadqiqotlar natijalarining dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va o'rmon xo'jaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirish; manfaatli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligi sohasida ilm-fan, ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar, bilimlarni raqamli tarqatish usullarini shakllantirish hamda amaliyotga tadbiq qilish; g) barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida: fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yo'nalishlari bo'yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qilish; tarkibida ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari faoliyat yurituvchi agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirliklar, idoralar bilan hamkorlikda ilmiy loyihalarni shakllantirish va bajarish, olingan ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilib borish; barcha turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali muvofiqlashtirish tizimini shakllantirish orqali, ilmiy- tadqiqotlarning uzviyligini ta’minlash, agroxizmatlar ko'rsatishning natijadorligini oshirish; ilmiy muammolarni, dolzarb yo'nalishlardagi ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning natijalarini muhokama qilish uchun tegishli vazirliklar, idoralar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikdagi kengashlar tashkil qilish; d) qishloq xo'jaligi tarmoqlarining malakali mutaxassislarga bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash sohasida: qishloq xo'jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash va shuningdek yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash; etakchi olimlar va soha mutaxassislarini jalb qilgan holda hududlarning aniq yo'nalishlar bo'yicha ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish; qishloq xo'jaligi va agroxizmatlarlar sohalarida kardrlarning malakasini oshirish kurslarida ishtirok qiluvchi olimlar va mutaxassislarning elektron bazasini shakllanrirish, ularni moddiy va ma’naviy rag'batlantirish mexanizmlarini joriy qilish; agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yo'nalishlari bo'yicha xalqaro ilmiy, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, treninglar, simpoziumlar uyushtirish; e) qishloq xo'jaligi sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilg'or tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida ularning malakasini oshirish sohasida: ilg'or agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xo'jaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish; tuproqning, ayniqsa o'rtacha va kuchli sho'rlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish; eskidan sug'orib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo'jaligi muoamalasidan chiqib ketgan yerlarni madaniylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni o'zlashtirish, sug'orishning ilg'or usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish; oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadralar tayyorlash, ilmiy tashkilotlar qoshida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini rivojlantirish orqali soha uchun ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini kengaytirish; pedagog va ilmiy xodimlarning rivojlangan davlatlar ilmiy markazlariga xorijiy stajirovkalarini tashkil qilish;   j) qishloq xo'jaligida davlat va xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko'nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog'ini rivojlantirish sohasida: agrosanoat majmui tizimiga kiruvchi turli tashkilotlar va idoralar bilan hamkorilkda qishloq xo'jaligida bilimlar va innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha xizmatlar turlarini oshirish va sifatini yaxshilash, ilmiy tashkilotlar, qishloq xo'jaligi, xizmatlar ko'rsatish sohalarida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash; ilmiy tashkilotlar va olimlarning ilmiy ishlanmalarini qishloq xo'jaligi sohasiga joriy qilish, ilmiy va axborot maslahatlar berishni tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni asarlarini nashr etish, bilimlarni qishloq xo'jaligida ommalashtirish; chorva mollarning yangi zotlarini yaratish bo'yicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshirish hamda loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xo'jaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xo'jaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xo'jalik hisobidagi bo'linmalarni, tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalarni belgilangan tartibda tashkil qilish kabi funktsiyalarni amalga oshirish; z) xalqaro sifat standartlarini joriy qilishda ko'maklashish, mahsulot yetishtiruvchilar va agrobiznesning o'zaro hamkorlik platformasini tashkil etish sohasida: qishloq xo'jalik mahsulot ishlab chiqaruvchilarining ilmiy ishlanmalarga talabini e’tiborga olib, zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo'lgan ilmiy natijalar uchun halqaro sifat standartlarini joriy qilish; xalqaro ilg'or tajribalar asosida agrar sohadagi innovatsion resurstejamkor texnika va texnologiyalar hamda ilg'or xorijiy va mahalliy tajribalar bo'yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va qishloq xo'jaligi bilimlari va innovatsiyalar tizimi sub’ektlarining foydalanishi uchun qulay raqamli axborot almashinuvi tizimini shakllantirish; ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan yaratilgan intellektual mulkni xalqaro miqyosda himoya qilish va moliyaviy rag'batlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; ilmiy-tadqiqot muassasalarida yangi ilmiy-tadqiqot yo'nalishlari, laboratoriyalari va tajriba uchastkalarini tashkil qilish, shuningdek, ilmiy izlanishlarning sifati va natijadorligini oshirish maqsadida laboratoriyalarda ishlash ko'nikmasini mahalliy yoshlarda shakllantirish uchun halqaro ekspertlarni jalb qilish; agrosanoat majmuasi va qishloq hududlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha faoliyat yuritadigan xalqaro darajada e’tirof etiladigan ilmiy maktablar yaratish; Agroxizmatlar markazi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga hisobot topshiradi.

Batafsil
13.05.2022 621
“Qoraqalpog'iston sharoitida g'o'za ekilgan dalalarda kultivatsiya o'tkazish va g'o'zani yagonalash va boshqa agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha” ilmiy-amaliy o'quv seminar tashkil etildi.

2022 yil 13 may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda, Institutning tajriba dalasida Chimboy tumanining 20 dan ziyod fermer va dehqon xo'jaliklari ishtirokida “Qoraqalpog'iston sharoitida g'o'za ekilgan dalalarda kultivatsiya o'tkazish va g'o'zani yagonalash va boshqa agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha” ilmiy-amaliy o'quv seminar tashkil etildi. Seminarni S.Shamshetov ochib berib, qishloq xo'jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash hamda agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida to'g'ri tashkillashtirish lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi. Seminar davomida Institut olimlari tomonidan g'o'zani yetishtirish agrotexnologiyalari hamda yomg'irdan keyingi amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo'yicha seminar qatnashchilariga ilmiy-asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar so’ngida Markaz direktori S.Shamshetov Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi biolaboratoriyada bo'lib, Chimboy tumanidagi fermer va dehqon xo'jaliklariga g'o'za va boshqa kishlok xo'jalik ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi kurashishda ushbu laboratoriyada yetishtirilayotgan entomofaglardan (trixogramma, oltinko'z, brakon) foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Batafsil
25.05.2022 523
Asalarichilikka qiziquvchi aholi xonadonlari va fermer xo'jaliklari uchun zo'r imkoniyat.

Asalarichilik xo'jaliklarini tashkil qilish, asalari oilalari biologiyasi va anatonomiyasi, parvarishlash, ko'paytirish texnologiyalari siz uchun qiziqarlimi? Respublikamizdagi ona va asalari oilalarini (paketlar) yetishtirayotgan asalarichilik xo'jaliklari hamda kerakli asbob anjomlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar to'g'risida ma’lumotlarni bilishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa Markazimizning rasmiy veb-saytidagi qabulxonasiga murojaat yo'llashingiz mumkin.

Batafsil
06.04.2022 494
Agroilm platformasida tashkil qilingan intensiv onlayn o'quv kurslari yakuniga yetdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-20-sonli va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi VM-709-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda “agroilm.akis.uz” tizimida 28 martdan 1 aprel kunigacha “chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavotchilik va polizchilik, issiqhona xo'jaligi, urug'chilik va ko'chatchilik, bog'dorchilik va uzumlichik, gulchilik” yo'nalishlarida 5 kunlik intensiv o'quv kurslari tashkil qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 6 kishi “issiqhona xo'jaligi”, “sabzavotchilik va polizchilik”, “chorvachilik”, “bog'dorchilik va uzumlichik” yo'nalishlarida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlagani uchun Markaz direktori S.Shamshetov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.   Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi

Batafsil
18.05.2022 491
Qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil yetishtirishda zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanib yuqori samaradorlikka erishing.

Qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil yetishtirishda yerlarni sifatli va chuqur kuzgi shudgorlash, erta bahorda dalani ekishga sifatli tayyorlash, urug'larni ekish va parvarishlash agrotexnik tadbirlarni o'tkazishda zamonaviy qishloq xo'jaligi texnikalaridan foydalanib yuqori samaradorlikka erishiladi. Hozirgi paytda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining Beruniy tumanidagi “Agromeliorativ Texnologik Park”ida xorijiy va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarni ijaraga berish xizmati mavjud bo'lib, klaster va fermer xo'jaliklari yuqori samaradorlikka ega texnikalardan foydalangan holda sifatli, mo'l hosil olishga erishmoqda. Hurmatli klaster, dehqon va fermer xo'jaligi rahbarlari, yuqoridagilarni inobatga olgan holda qishloq xo'jaligi texnika va agregatlarini ijaraga olish hamda ulardan samarali foydalanishda metodik xizmat (tavsiya va ko'rsatmalar) ko'rsatish bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi innovatsion agroxizmatlar markazining rasmiy virtual qabulxonasiga (https://akiskr.uz/feedback) murojaat yo'llashingiz mumkin.

Batafsil
24.03.2022 436
24 mart kuni Respublika olimlari ishtirokida onlayn o'quv-seminari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri T.Rapikov 2022 yil 18 mart kuni tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkid etish bo'yicha ishchi guruhlar Grafigi” va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Sh.Teshaev tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkil etish uchun olimlar guruhlari Tarkibi)ga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda "Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiya-lari" mavzusida joriy yilning 24 mart kuni (9:00 dan 11:30 gacha) Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, M.Mirzaev nomidagi BUV ITIning QQ ITS, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti va  Makkajo'xori ilmiy tekshirish stantsiyalari olimlari ishtirokida onlayn o'quv-seminari tashkil etildi. Onlayn o'quv-seminari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar ishtirokida olimlar so'za chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha tushintirish va maslahatlarini berdi. Seminarda barcha tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlari va tegishli soha mutaxassislari, tuman bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi rahbarlari, klasterlar, dehqon va fermer xo'jaliklari rahbarlari qatnashib, bahorgi ekish ishlarini amalga oshirish bo'yicha tushunchalarga ega bo'ldi. Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlariga olimlar tomonidan ishlab chiqilgan noqulay ob-havo sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarini klaster, dehqon va fermer xo'jaliklariga yetkazish bo'yicha topshiriqlar berildi.   Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi  

Batafsil
Barcha yangiliklar