Joriy yilning 13 aprel kuni Markaz direktori S.Shamshetov tomonidan Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba dalasida Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi xodimlari, Birlashma olimlari hamda Nukus tumanidagi 10 fermer xo'jaliklari ishtirokida “sholi yetishtirishda suvni tejash maqsadida yerlarni lazerli tekislagich bilan tekislash” bo'yicha ilmiy amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda suvni tejashda lazerli tekislagichdan foydalanishning ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilib, fermer xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javob oldilar.