O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
1537 13-05-2022

“Qoraqalpog'iston sharoitida g'o'za ekilgan dalalarda kultivatsiya o'tkazish va g'o'zani yagonalash va boshqa agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha” ilmiy-amaliy o'quv seminar tashkil etildi.
Фотография новости

2022 yil 13 may kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda, Institutning tajriba dalasida Chimboy tumanining 20 dan ziyod fermer va dehqon xo'jaliklari ishtirokida “Qoraqalpog'iston sharoitida g'o'za ekilgan dalalarda kultivatsiya o'tkazish va g'o'zani yagonalash va boshqa agrotexnik chora-tadbirlar bo'yicha” ilmiy-amaliy o'quv seminar tashkil etildi. Seminarni S.Shamshetov ochib berib, qishloq xo'jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash hamda agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida to'g'ri tashkillashtirish lozimligi bo'yicha ko'rsatmalar berib o'tdi. Seminar davomida Institut olimlari tomonidan g'o'zani yetishtirish agrotexnologiyalari hamda yomg'irdan keyingi amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo'yicha seminar qatnashchilariga ilmiy-asoslangan tavsiyalar berildi.

Seminar so’ngida Markaz direktori S.Shamshetov Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi biolaboratoriyada bo'lib, Chimboy tumanidagi fermer va dehqon xo'jaliklariga g'o'za va boshqa kishlok xo'jalik ekinlarida uchraydigan zararkunandalarga qarshi kurashishda ushbu laboratoriyada yetishtirilayotgan entomofaglardan (trixogramma, oltinko'z, brakon) foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiya va ko'rsatmalar berildi.