Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazida 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan manaviy-ma'rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirda QR AKİS direktori S. Shamshetov so’zga chiqdi va Vatanni qo'riqlash ulug' va iftixorli burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, mamlakat muhofazasini qo'riqlash hislarini singdirish, O'zbekston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishi va rivojlanish tarixi haqida aytib o’tdi.
Shundan so'ng xodimlarimiz “Vatanparvarlik” bog'ida bo'lishdi. Bu yerda ikkinchi jahon urushi yillarida qurbon bo'lgan ota-bobolarimizning qahramonliklari haqida fikr almashildı.