O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
90 12-12-2025

Malaka oshirish
Фотография новости

Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan 2025-yil 24 noyabr-6 dekabr kunlari Respublika agroxizmatlar markazi hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari tashkil etildi.

 

🟢Ushbu o‘quv-kurslarida Qorao‘zak tuman bosh mutaxassisi M.Yusupov hamda Xo‘jayli, Taxiyatosh va Nukus tumanlari bosh mutaxassisi Sh.Kamalovlar faol qatnashib,

🟢sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati,

🔝amalga oshirilayotgan islohotlar hamda innovatsiyalar,

▶️resurstejamkor texnika va texnologiyalar,

🌱ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalari bo‘yicha ilmiy-amaliy bilimlarni o‘zlashtirdilar.

Shuningdek sohani boshqarishda HECI tamoyillari, notiqlik san’ati va psixologik darslarda ishtirok etdilar.

 

✔️Tuman bosh mutaxassislari malaka oshirish kurslarini muvafaqqiyatli tamomlab, kelgusidagi ish faoliyatida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan o‘z bilim va tajribalarini oshirib keldilar.