O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
702 29-04-2022

«Ayol-fermerlarni bilim va ko'nikmalarini yaxshilash» loyihasi doirasida seminar-trening tashkil qilindi.
Фотография новости

2022 yil 23 aprel kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlari universitetlarining ekstenshn markazlari mintaqaviy tarmog'ida tajriba almashinuvi va agrobiznes hamda qishloq xo'jaligini yuritish amaliyotida ayol-fermerlarni bilim va ko'nikmalarini yaxshilash” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil qilindi. Seminarda Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori S.Shamshetov va xodimlari, bir qator olimlar hamda ayol-fermerlar ishtirok etdi.

Tadbirni Markaz direktori S.Shamshetov ochib berib,  tadbir ishtirokchilariga AKISning qishloq ho'jaligi sohasida tutgan o'rni va ahamiyati, unda ko'rsatiladigan xizmatlar haqida keng ma’lumot berdi. Bundan so'ng, tadbirni markaz bosh mutaxassisi Sh.Saginbaeva o'zining «Agroturizm – agrobiznesning dolzarb yo'nalishi» mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. 
Seminar-trening davomida professor I.Normuratov «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik» bo'yicha ayol-fermerlarga amaliy tavsiyalar berdi. Bundan tashqari ishtirokchilarga professor J.Xudayqulov tomonidan «Soya o'simligining ahamiyati va yetishtirish texnologiyasi» bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar, shuningdek soyani qayta ishlash yo'llari va uning natijasida olinadigan mahsulotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Bundan so'ng, seminar-trening ishtirokchilari o'zini qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javoblar olishdi.
Seminar-trening so'ngida ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

 


Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi