O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
260 20-09-2025

Xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari kelishilmoqda
Фотография новости

2025-yil 15-sentabr kuni BMT Taraqqiyot Dasturining Qoraqalpog‘istondagi loyiha ofisida "Ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari (Rossiya-O‘zbekiston)" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi (AKIS), "Donskoy" ANK (Rossiya), VNIIMK (Rossiya) hamda mahalliy ilmiy-tadqiqot institutlari rahbar va xodimlari ishtirok etib, bugungi kunda respublikamizda qishloq xo‘jaligi sohasining salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, innovatsiyalarni joriy etish, ekinlarni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.