O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
481 15-05-2023

Аholi xonadonlarida asalari oilalarini parvarishlash bo‘yicha seminar tashkil etildi
Фотография новости

QR AKIS 2023-yil uchun belgilangan chora-tadbirlar rejasi asosida 2023-yil 12-may kuni Kegayli tumanidagi “Gulbagʼ lalazar” dehqon xo‘jaligida “Аholi xonadonlarida asalari oilalarini boqish bo‘yicha” asalarichilikka qiziquvchi aholi va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktyabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-son qarorida keltirilgan  asalarichilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko‘paytirish, asalni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish shuningdek, asalari oilalari, zotlari, parvarishlash usullari, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirlari toʼgʼrisida ma’lumot va tavsiyalar berildi.