O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2025-yil 13-dekabrda tasdiqlangan 01/26-2-221-sonli “Chora-tadbirlar rejasi”ning ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shomanay tumanida joylashgan “Ran-omad” MCHJda yoshlarning zamonaviy issiqxonalar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘quv seminarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIning Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan yoshlarga issiqxona xo‘jaligida mikroiqlimni boshqarish (harorat, namlik), urug‘ ekish va ko‘chat yetishtirish, tomchilatib sug‘orish va o‘g‘itlash, vegetatsiyani boshqarish, issiqxonada kuzatiladigan kasallik va zararkunandalariga qarshi kurash usullari, aqlli va avtomatlashtirilgan-issiqxona texnologiyalari, issiqxona qurish, pomidor, bodring, ko‘chat va boshqa sabzavotlarni yetishtirish hamda bozorgacha yetkazib berish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar berildi.