O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
206 04-11-2025

Bugungi kunda (noyabr oyida) bug’doy parvarishida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha seminar
Фотография новости

2025-yil 1-noyabr kuni Qonliko‘l tumani Oltinko‘l OFY hududidagi Aqsingul fermer xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PF-10-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “namunaviy dala” maydonida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriya mudiri U.Abillaev, tuman agromaslahatchisi N.Nurimbetov va fermerlar ishtirokida tashkil etilib, fermerlarga ekilgan har bir bug‘doy navining afzalliklari, vegetatsiya davri, hosildorligi, oziqlantirish muddatlari va me’yorlari, kasallik hamda zararkunandalarga qarshi kurash usullari bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek bugungi kunda (noyabr oyida) bug’doy parvarishida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. 

Seminar davomida fermerlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ilmiy asosdagi javob oldilar.