O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
234 24-10-2025

Chorvachilikni kompleks rivojlantirish bo‘yicha soha mutaxassislari va fermerlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Фотография новости

2025-yil 20-oktabr kuni QR AKIS markazi tomonidan Taxtako‘pir tumanidagi “Kausar tegirmon” MCHJda Chorvachilikni kompleks rivojlantirish bo‘yicha soha mutaxassislari va fermerlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda dastlab sut yo‘nalishidagi nassli qoramollarni saqlash, oziqlantirish, ozuqa bazasini yaratish (jamg‘arish), kasalliklarining oldini olish va o‘z vaqtida emlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

So‘ngra fermerlarni sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi sterilizatsiya va pasterizatsiya, gomogenizatsiya, fermentatsiya jarayonlarida hamda qadoqlashda ishlatiladigan uskunalar bilan tanishtirildi. 

Shuningdek fermerlarga sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatidigan asbop-uskunalarni sotib olishda ajratiladigan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminarda fermerlar chorvachilikni kompleks rivojlantirish, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.