O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
325 16-01-2026

G‘ALLA PARVARISHI BO‘YICHA SEMINARLAR TASHKIL ETILDI
Фотография новости

2026-yilning 2-4-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbarligida QR AKIS markazi direktori va tuman agromaslahatchilari, Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi olimlari ishtirokida klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbariga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida 2026-yil hosili uchun kuzgi ekinlardan yuqori hosil yetishtirishda qo‘llaniladigan innovatsion agrotexnologiyalar hamda sug‘orish tartiblari” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminarlar o‘tkazildi.
Seminarda g‘alla yetishtirishni to‘g‘ri tashkil etish, hosildorlikni oshirish, yerlarni sho‘r yuvishga tayyorlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish orqali suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, klasterlar vakillari, qishloq xo‘jaligi xodimlari va soha mutaxassislari dala sharoitida amaliy takliflar va ilg‘or tajribalar bilan tanishdi hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.