O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
220 24-11-2025

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
Фотография новости

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–223-son, 21.11.2025 y.) qabul qilindi. (https://lex.uz/uz/docs/-7851947)

📗 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida o‘simlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish;

🔹 qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish.

🏛 Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.

✔️ 2026-yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

⛔️ Klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi.

✅ Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.