✓ Respublikada go‘sht mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil 7-aprel kungi PQ-130-sonli qarori bilan:
✅ (a) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustgacha tadbirkorlik subyektlariga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmaydigan miqdorda;
✅ (b) 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrgacha chet ellardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol narxining 10 foizi, lekin har bir qoramol boshi uchun 4 million so‘mdan oshmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi.