Qoraqalpog'iston Respublikasidagi paxta -to'qimachilik klaster korxonalari agronomlarining tájriybasin oshirish maqsadida, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutida o'quv seminarining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.
Seminarda QR AKIS direktori S. Shamshetov ishtirok etdi va agronomlarga “Qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadlari bo'yicha belgilangan strategiyaning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat raqobatbardoshligini orttirishga qaratilgan islohotlar” mavzusida ma'ruza o'tib berdi. Ma'ruza davomida yig'ilganlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldi.