O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4803-sonli qarori 2a-ilovasi "Yo'l haritasi"ning 4.2-bandi ijrosi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi chorvachilik klasterlari, dehqon va fermer xo'jaliklariga agroxizmatlar turlarini tashkil etish maqsadida chorva mollari, parranda va baliqlarning kasallik va parazitlariga qarshi kurashish uchun dori vositalari hamda ozuqa qo'shimchalari bilan ta’minlash bo'yicha joriy yilning 11 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va “Prime Vet Nukus” xususiy korxonasi o'rtasida MEMORANDUM imzolanib, Dastur asosida hamkorlikda ishlashga kelishildi.