O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
203 29-10-2025

Asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha seminar
Фотография новости

28-oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Beruniy tuman agromaslahatchisi A.Kazakbaev tomonidan Tinchlik OFYda yashovchi fuqaro Ametov Po‘latning asalari boqilayotgan kompleksida soha mutaxassislari, fermer va fuqarolar ishtirokida "Asalarichilikni rivojlantirish” bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Seminarda fermer va fuqarolarga asalarichilikni rivojlantirish bo'yicha Prezident va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati, imtiyozli kredit va subsidiyalar to'g'risida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, asalari parvarishida bugungi kunda amalga oshiriladigan ishlar, oziqlantirish, xar xil zararkunanda va kasalliklardan saqlash, oldini olish, davolash va qishlovdan eson omon chiqarish bo‘yicha  tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida fermer va fuqarolarga asalarilarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.