O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri T.Rapikov 2022 yil 18 mart kuni tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkid etish bo'yicha ishchi guruhlar Grafigi” va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Sh.Teshaev tasdiqlagan “Erta bahorda 2022 yil hosili uchun ertaki ekinlar ekishni tashkil etish uchun olimlar guruhlari Tarkibi)ga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda "Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiya-lari" mavzusida joriy yilning 24 mart kuni (9:00 dan 11:30 gacha) Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, M.Mirzaev nomidagi BUV ITIning QQ ITS, Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti va Makkajo'xori ilmiy tekshirish stantsiyalari olimlari ishtirokida onlayn o'quv-seminari tashkil etildi.
Onlayn o'quv-seminari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar ishtirokida olimlar so'za chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha tushintirish va maslahatlarini berdi. Seminarda barcha tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlari va tegishli soha mutaxassislari, tuman bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi rahbarlari, klasterlar, dehqon va fermer xo'jaliklari rahbarlari qatnashib, bahorgi ekish ishlarini amalga oshirish bo'yicha tushunchalarga ega bo'ldi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari D.Qaypov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Z.Ziyadullaevlar tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlariga olimlar tomonidan ishlab chiqilgan noqulay ob-havo sharoitida paxta, g'alla, dukkakli, moyli, yem-xashak, texnik, sabzavot, poliz, kartoshka, mevali bog' va uzum ko'chatlarini ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarini klaster, dehqon va fermer xo'jaliklariga yetkazish bo'yicha topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi