O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
179 21-01-2026

Fermer xo‘jaliklari bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi
Фотография новости

Joriy yilning 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida barcha tuman fermer xo‘jaliklari rahbarlari uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A.Jumanazarov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xalimbetov rahbarligida olib borilib, QR AKIS markazi, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Seminar davomida qishloq xo‘jaligi sohasi olimi, professor-o‘qituvchilar tomonidan eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, eksportbop ekinlarga qo‘yiladigan karantin talablari, ekinlarni saqlash, qayta ishlash, shartnomalar tuzish, ichki va tashqi bozorga chiqarish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, g‘o‘za parvarishida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlar, noan’anaviy o‘g‘itlarni qo‘llash, hududimizga olib kelinayotgan paxta terish mashinalari tavsifi va paxtani mashina bilan terib olishdagi talablar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olindi va fikr-mulohazalar bildirildi.