O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
768 23-01-2023

Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari uchun subsidiyalar ajratish tartibi to'g'risida ma'lumotlar
Фотография новости

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi «Suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan kafolatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» PQ-394-son qarorida aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, meva-sabzavotchilik tarmog‘idagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish maqsadida paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlardagi yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali 30 yilga ijaraga berish tizimi joriy etilib, bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, «dala do‘konlari»ni qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga kreditlar tijorat banklari orqali ajratilishi belgilangan. Kreditlar hududiy fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi VM-624-son qarorida aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq bo‘lgan kichik hajmdagi har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish belgilangan. Subsidiyalar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan berilishi belgilangan.

 

Talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash

SXEMASI

 

Bosqichlar

 

Subektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddati

             

1-bosqich

 

Tuman (shahar) hokimliklari, Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

Tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi,

Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limi

 

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon ho‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bo‘yicha talabgorlarning tuman (shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi hamda tasdiqlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadi.

 

Yiliga ikki marta:

1-noyabr va            1-mayga qadar

             

2-bosqich

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

 

Tumanlar (shahar) manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi, hududiy manzilli ro‘yxatni shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.

 

Yiliga ikki marta:

1-dekabr va             1-iyunga qadar

             

3-bosqich

 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

 

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi hamda manzilli dasturni shakllantirib Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

 

Yiliga ikki marta:

15-dekabr va           15-iyunga qadar

             

4-bosqich

 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

 

Manzilli dasturni ommaviy axborot vositalarida hamda o‘zining rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

 

Yiliga ikki marta:

1-yanvar va 1-iyulga qadar

             

5-bosqich

 

Talabgor

 

Vertikal sug‘orish quduqlari burg‘ulanib ishga tushirilganidan so‘ng, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olib o‘rnatilganidan so‘ng sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga mablag‘ olish uchun tuman (shahar) fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

 

Ixtiyoriy ravishda

             

6-bosqich

 

Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

 

Talabgorlar tomonidan to‘liq taqdim qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan holda hududiy fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim qiladi.

 

Talabgor murojaati tushgan kundan boshlab 3 ish kunida

             

7-bosqich

 

Hududiy fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

 

Tuman (shahar) fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kiritilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhiga taqdim etadi.

 

3 ish kunida

             

8-bosqich

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhi

 

Taqdim etilgan ro‘yxatni ko‘rib chiqadi va ularga asosan talabgorlarning suv ta’minoti og‘ir hududlarda aholi tomorqalari, dehqon ho‘jaliklari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash hamda ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan talabgorlar kesimida buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga taqdim etadi.

 

3 ish kunida

             

9-bosqich

 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishga ko‘maklashuvchi ishchi guruhi taqdim etgan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi va Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi. Buyurtmanomalarni:

2022 — 2025-yillarda Moliya vazirligiga;

2026-yildan boshlab — Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplash uchun mazkur jamg‘armaga taqdim qiladi.

 

3 ish kunida

             

10-bosqich

 

Moliya vazirligi

 

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan 2022 — 2025-yillarda kiritilgan buyurtmanomalar asosida zarur mablag‘larni Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

 

3 ish kunida

             

11-bosqich

 

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

 

Moliya vazirligidan 2022 — 2025-yillarda kelib tushgan mablag‘larni g‘azna hisobvarag‘i orqali talabgorlarning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

 

3 ish kunida

           

”.