O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
143 19-01-2026

Paxtachilikda imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishi belgilandi.
Фотография новости

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

09.12.2025 yildagi “Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-370-son qarori 2-bandida

2026-yil hosilidan boshlab:

(a) tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov ta’minoti taqdim etiladi;

(b) paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:

(i) imtiyozli kreditlar Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining resurslari hisobidan tijorat banklari orqali har yili yanvar — avgust oylarida ajratiladi;

(ii) Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-oktabrga qadar (2026-yil uchun 2026-yil 15-yanvarga qadar) kelgusi hosil yili uchun hududlarning tuproq-iqlim sharoiti va agrotexnik tadbirlarning muddatlarini hisobga olgan holda xarajatlarning me’yorlari bo‘yicha agrotexnik xaritalarni tasdiqlaydi;

(v) yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi. Bunda fermer xo‘jaliklari minimal hosildorlik bo‘yicha talablarni bajarishi shart.