O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
449 20-07-2024

Innovatsion ishlanmalar toʻgʻrisida oʻquv-seminar
Фотография новости

Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpogʼiston Respublikasi agroxizmatlar markazi kelgusida qishloq xoʼjaligi sohasida yaratilgan resurstejamkor, innovatsion ishlanmalarni aholi, dehqon va fermer xoʼjaliklariga keng joriy etishi uchun, birinchi navbatda, tuman agromaslahatchilarining har bir innovatsion ishlanmani vazifasi, funktsiyasi hamda foydalanish tartiblari boʼyicha bilim va malakasini oshirishi zarur. 


Shu maqsadda QR AKIS markazi “Yosh olimlar akademiyasi MChJ” bilan hamkorlikda 20 iyul kuni Nukus shahrida «Xlorella mikroorganizmi mahsulotlarini qishloq xoʼjaligida foydalanish uslublari» mavzusida oʼquv-seminar tashkil etildi. 


Oʼquv-seminarda xlorella mikroorganizmidan olingan mahsulotlarni paxtachilik, gʼallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, don va dukkakli ekinlar yetishtirishda, chorvachilik va baliqchilik sohalarida qoʼllash tartibi, muddati va meʼyorlari boʼyicha toʼliq maʼlumotlar keltirib oʼtildi. Oʼquv-seminar davomida tuman agromaslahatchilari oʼzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.