O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo'jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-20-sonli va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida”gi VM-709-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent viloyati agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda “agroilm.akis.uz” tizimida 28 martdan 1 aprel kunigacha “chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavotchilik va polizchilik, issiqhona xo'jaligi, urug'chilik va ko'chatchilik, bog'dorchilik va uzumlichik, gulchilik” yo'nalishlarida 5 kunlik intensiv o'quv kurslari tashkil qilindi. Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 6 kishi “issiqhona xo'jaligi”, “sabzavotchilik va polizchilik”, “chorvachilik”, “bog'dorchilik va uzumlichik” yo'nalishlarida tahsil olib, muvaffaqiyatli tamomlagani uchun Markaz direktori S.Shamshetov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi