O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
492 08-03-2024

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi (https://www.agro.uz/qor
Фотография новости

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻldi 

Tashrif avvalida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi majlislar zalida Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Farhod Ermanov rahbarligida tashkil etilgan yigʻilishda vazirlik tizim tashkilotlari, tumanlar qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbarlari hamda soha xodimlari bilan bir qatorda QR AKIS rahbari S.Shamshetov ham ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarimida Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus tumanidagi "Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi”ga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Milliy markaz bosh direktori Shuxrat Otajonov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vaziri Quwanishbay Nurimbetov va boshqalar tashrif buyirdi.

U yerda umumiy olib borilayotgan ilmiy va amaliy ishlar va kelgusiga qo’yilgan rejalar to’grisada to’xtalib o’tildi va QR AKIS raxbari S.Shamshetov prezidentimiz topshirig’iga asos Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida “Xonadonboy” usulda ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish reja dasturi, QR AKIS foaliyati, kelgusidagi maqsadlari va rejalari  haqida batafsil tanishtirdi.