Biochar va Jivamritni tayyorlash hamda qo‘llash bo‘yicha dala seminari bo‘lib o‘tdi
✅9 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi tomonidan Kegeyli tumanida joylashgan M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning Qoraqalpoq ITS tajriba xo‘jaligida Biochar va Jivamrit (suyuq bio-o‘g‘it) tayyorlash hamda qo‘llash bo‘yicha ko‘rgazmali dala seminari o‘tkazildi. Seminar Chimboy, Kegeyli, Nukus tumanidagi agromaslahatchilar va fermerlar ishtirokida tashkil qilindi.
🟢Seminarda mutaxassislar tomonidan fermerlarga Biochar va Jivamritni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ushbu innovatsion yondashuvlar fermerlarga sifatli va yuqori hosil olishga, kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni kamaytirishga, organik mahsulot yetishtirishga, tuproq unumdorligini oshirishga katta yordam berishi ta’kidlandi.
🟢Seminar yakunida fermerlarga Biochar va Jivamritni tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.