4 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi mutaxassislari Taxiatosh tumani Keneges OFYdagi asalarichi E.Koshkarov xo‘jaligida bo‘lib, parvarishlanayotgan asalari oilalari bilan tanishdi.
Mutaxassislar tomonidan E.Koshkarovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.10.2017-yildagi “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3327-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2023-yildagi “Asalarichilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VM-239-son ning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, asalarichilik xo‘jaliklarini tashkil qilish, asalari oilalari biologiyasi va anatonmiyasi, parvarishlash, ko‘paytirish, yosh urchigan ona ari yetishtirish texnologiyasi, asalarichilikda foydalaniladigan asbob-anjom, moslama va qurilmalari, asalarilarning ozuqa bazasi, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini changlantirish, asalari mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda ularga qo‘yiladigan davlat standart talablari to‘g‘risida tavsiyalar berildi.