O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
139 12-03-2026

"Jivamrit va bokashi tayyorlash hamda qo‘llash usuli" bo‘yicha ko‘rgazmali seminar
Фотография новости

Taxiatosh tumani Naymankol OFY hududidagi "Artiqbay Tumaloq" fermer xo‘jaligida Qishloq xo‘jaligida innovatsion 100 tashabbus loyihasi doirasida "Jivamrit va bokashi tayyorlash hamda qo'llash usuli" bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda QR AKIS markazi mutaxassislari, M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning Qoraqalpoq ITS olimlari, tuman qishloq xo'jaligi bo'limi mutaxassislari, fermer va dehqonlar ishtirok etdi. 

Seminarda Taxiatosh, Xo‘jayli va Nukus tumanlari agromaslahatchisi Sh.Kamalov tomonidan fermerlarga tuproq, suv, shakar, go'ng, mol peshobi, bioo'g'itni jamlagan holda "Jivamrit va bokashi" tayyorlab ko'rsatildi hamda qishloq xo'jaligida Jivamrit va bokashining ahamiyati va qo'llash usullari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Seminar davomida dehqon va fermer xo‘jaligi rahbarlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.