O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
161 20-04-2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Фотография новости

Joriy yilning 11 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Agroxizmatlar markazi direktori B.Annakulov Hindistonning nufuzli urug‘chilik kompaniyalaridan biri — Nath Bio-Genes kompaniyasi direktori doktor Satydev Pathak bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda paxta yetishtirish samaradorligini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda, Nath Bio-Genes kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan paxtaning 4 ta istiqbolli navini tajriba-sinov tariqasida ekish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qoyiladigan tajriba-sinov ishlari hududda yuqori hosildor, kasalliklarga chidamli hamda iqlim sharoitiga mos navlarni aniqlashga xizmat qiladi. Sinov natijalari asosida eng samarali navlarni keng maydonlarga joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida paxta yetishtirish hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda fermer xo‘jaliklari daromadini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Tomonlar uchrashuv yakunida kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy-tajriba almashinuvi va innovatsion yechimlarni joriy etish borasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.