O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sovutkichli sig‘imlar uyushmasini tashkil etgan holda interventsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 729-sonli qarorining 8.1-bandida AQSh Xalqaro savdo ma’muriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturi (SABIT) haqida tadbirkorlik sub’ektlariga seminar-treninglar o‘tkazilishini hamda batafsil ma’lumot yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha topshirig‘i belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha 2022 yil 31 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining majlislar zalida taqdimot shaklida seminar-trening o‘tkazildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi rahbari va mutaxassislari tomonidan tumanlarda faoliyat yuritayotgan sovutkichli sig‘imli korxonalari rahbar va mutaxassislariga davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiyalar hamda AQSh Xalqaro savdo ma’muriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti o‘qitish dasturida (SABIT) malaka oshirish, o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ma’lumotlar berilib, tadbirkorlik sub’ekti rahbarlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.