Qora-ola qoramol zoti – Respublika iqlimiga moslashgan sut yo‘nalishidagi qoramol bo‘lib, jussasi yirik, tanasi uzunroq, terisi qayishqoq. Tusi qora-ola.
Sigirlarining sut sog‘imi 3500-4500 litr (sersut sigirlariniki 15–17 ming litrga yetadi).
Buqalarning vazni 800-1000 kg, sigirlariniki 400-600 kg. Go‘sht mahsuldorligi yuqori (so‘yim chiqimi 54–58%).