O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazi bilan hamkorlikda 23 avgust kuni “Orolbo'yi mintaqasida ayollarnining potentsialini kuchaytirish, innovatsion usulda tayorlangan kompostdan foydalanish orqali sho'rlangan tomorqa yer maydonlarining samaradorligini oshirish va hududning ekologik vaziyatini yaxshilash” mavzusida konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiya Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar Qo'mitasi raisi M.Axmedova, Qurg'oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) direktori A.Karimov, O'zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi A.Axmedjanova, Qoraqalpog'iston Ekologiya qo'mitasi raisi A.Saparovlar va boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlari va Nukus tumanining bir qancha ayollari ishtirokida o'tkazildi. Konferentsiyada Markazimiz mutaxassisi Sh.Saginbaeva “Agroturizm – perspektivnoe napravlenie agrobiznesa” mavzusida chiqish qilib, tashqi va ichki sayyohlarning qishloq joylarda qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayonida qatnashish, qayta ishlashga bo'lgan qiziqishlarini va ko'nikmalarini oshirish, shu orqali kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishimiz, shuningdek, aholining ekologik toza mahsulotlarga bo'lgan talabining ortishiga va qishloq joylarda yangi ish o'rinlari sonining ko'paytirilishiga erishilishi mumkinligi bo'yicha taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek sohaga doir olimlar va mutaxassislar tomonidan Orolbo'yi mintaqasidagi ayollarning agrar sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, tomorqadan foydalanishda tomorqa madaniyatini shakllantirish, sho'rlangan tomorqa yer maydonlarining samaradorligini oshirishda uy sharoitida kompost tayyorlash usullari, sut yo'nalishidagi chorva mollarini oziqlantirishda oziqa ratsionini to'g'ri tuzish, Mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilashda chiqindilardan samarali foydalanishning ahamiyati bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi.