Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 2025 yil 14 martdagi PQ-103-sonli qarorida xotin-qizlarni tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish boʼyicha temir daftar hamda ayollar daftarida roʻyxatda turuvchi ishsiz xotin-qizlarga qishloq xoʻjalik soxasida seminarlar tashkil etish belgilangan.
25 oktabr kuni Kegeyli tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari M.Ahmedova, tuman hokimi A.Kamalov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi mutaxassislari boshchiligida temir daftar hamda ayollar daftarida roʻyxatda turuvchi ishsiz xotin-qizlarga qishloq xoʻjalik soxasida tutchilik, ko‘chatchilik, urug’chilik bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda Mutasaddilar Qumshungil OFY hududida tashkil etilgan 5 gektar maydonda ko‘chat yetishtirish loyihasi bilan tanishib, loyiha 25 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularning daromad manbaini yaratishga qaratilganligini ta’kidladi.
Seminar davomida QR AKIS markazi mutaxassislari tomonidan ko‘chat ekishga yerni tayyorlash (sug'orish, yerni haydash, o'g'itlash), ko‘chatlarni ekishga tayyorlash, ekish va parvarishlash usullari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida xotin-qizlarga tut ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tarqatildi.