O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
411 21-07-2023

QR AKIS va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpogʼistondagi vakilligi hamkorligida oʼquv–treningi tashkil etildi.
Фотография новости

QR AKIS va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpogʼistondagi vakilligi hamkorligida 14 iyul kuni Kegeyli tumanida “Qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini eksport qilishda xalqaro standartlar talablari sohasida mahalliy fermer va dehqon xoʼjaliklari, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning salohiyatini oshirish” mavzusida Oʼsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Uzstandart vakillari va 25 dan ortiq fermer va dehqon xoʼjaliklari  ishtirokida oʼquv–treningi tashkil etildi.
Oʼquv-treningda QR AKIS mutaxassisi А.Аbdimuratova xalqaro sertifikatlarning afzalliklari, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini sertifikatlash standartlari va AKIS tizimining faoliyati haqida batafsil maʼlumotlar berdi va trening qatnashchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berdi.