O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
689 19-01-2023

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi
Фотография новости

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida

 

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VM-367-son qarorida:

- parrandachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2024 yil 1 yanvarga qadar 2500 so‘m (bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi), 2024 yil 1 yanvardan 1000 so‘m;

- chorvachilik xo‘jaliklariga - o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrami uchun 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar 4 000 so‘m hamda sutning har bir litri uchun 400 so‘m. Bunda subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtincha ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi;

- baliqchilik xo‘jaliklariga - intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 2021 yil 1 iyuldan boshlab 3000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1000 so‘m miqdorida ajratish belgilangan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi “Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-434-son qarorida:

- Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan subsidiya oluvchilarga Respublika budjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratish;

- Subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, kontragentning soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda ajratish;

- Subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyasi (keyingi o‘rinlarda - komissiya) tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar orqali ishonchsiz va noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda subsidiya ajratilmasligi;

- Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga (keyingi o‘rinlarda - Vakil) ariza bilan murojaat qilishi;

- Subsidiya oluvchi o‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so‘ng Agentlik komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari natijasiga ko‘ra subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan besh ish kunida ariza beruvchiga elektron shaklda javob xati yuborilishi belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangidan ochilgan va hozirda faoliyat yuritayotgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-2022-yillar mobaynida jami 42 ta xo‘jaliklarga 1 mlrd 600 mln so‘mdan ortiq subsidiyalar berilmoqda.

 

 

Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan

MAHSULOTLAR RO‘YXATI

 

T/r

Mahsulot nomi

O‘lchov birligi

Mahsulot (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi bo‘yicha identifikatsiya kodi

1.

Sigir suti

litr

04010402

2.

Echki va qo‘y suti

litr

0401209900

3.

Qoramol go‘shti (tirik vaznda)

kg

0201300005

4.

Qo‘y va echki go‘shti (tirik vaznda)

kg

0204230000, 0206809900

5.

Parranda tuxumi

dona

0407210000

6.

Parranda go‘shti (so‘yilgan vaznda)

kg

0207141009

7.

Baliq (losos, forel va osyotr)

kg

0303130000

8.

Boshqa turdagi baliq

kg

0305697000

 

 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining subsidiya olish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi

SXEMASI

 

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Bajarish muddatlari

             

1-bosqich

 

Subsidiya oluvchi

 

Subsidiya oluvchilar o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga (keyingi o‘rinlarda — Vakil) ariza bilan murojaat qiladi.

 

o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin

     
             

2-bosqich

 

Komissiya

(Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi)

 

Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga ko‘ra sotiladigan mahsulotlarni o‘z xo‘jaligida yetishtirilganligi va mahsulotlarning tegishli turlari bo‘yicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda “O‘zbekchorvanasl” agentligiga taqdim etadi.

 

besh ish kunida

     
             

3-bosqich

 

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

 

“O‘zbekchorvanasl” agentligi xulosa kelib tushgan sanada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida integratsiya qilingan ma’lumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.

 

uch ish kunida

     
             

4-bosqich

 

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

 

Subsidiya oluvchi o‘z xo‘jaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan so‘ng Agentlik komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari natijasiga ko‘ra subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan ariza beruvchiga elektron shaklda javob xati yuboradi.

 

besh ish kunida

     
             

5-bosqich

 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

 

Komissiya xulosasi va soliq organlarining ma’lumotlari ijobiy bo‘lgan taqdirda, elektron shakldagi ma’lumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot tizimi orqali Moliya vazirligi G‘aznachiligiga yuboradi.

 

bir ish kunida

     
             

6-bosqich

 

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

 

Moliya vazirligi G‘aznachiligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot tizimi orqali kelib tushgan Agentlikning xulosasini olgandan so‘ng budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablag‘lar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

 

bir ish kunida

     
             

7-bosqich

 

Moliya vazirligi G‘aznachiligi

 

Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan ajratiladi.

 

keyingi oyning 25-sanasiga qadar

     

 

 

Chorvachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan go‘sht (tirik vaznda) va sut mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza

NAMUNASI

 

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

 

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

 

3.

STIR raqami:

 

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

 

5.

Telefon raqami:

 

6.

Elektron pochta manzili:

 

7.

Xo‘jalikda yetishtirilgan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan

go‘sht, tirik vaznda (kg)

sut (litr).

 

8.

Ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan so‘yish korxonasining nomi va manzili

 

9.

So‘yiladigan hayvonning identifikatsiya raqami

 

 

 

Parrandachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan parranda go‘shti va tuxum mahsulotlari uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza

NAMUNASI

 

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

 

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

 

3.

STIR raqami:

 

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

 

5.

Telefon raqami:

 

6.

Elektron pochta manzili:

 

7.

Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan parranda go‘shti (kg)

 

8.

Xo‘jalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan tuxum (dona)

 

 

 

Baliqchilik subyektlari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan va sotilgan losos, forel, osyotr baliqlari (kg) va boshqa turdagi baliqlar uchun subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza

NAMUNASI

 

1.

Yuridik shaxsning to‘liq nomi:

 

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

 

3.

STIR raqami:

 

4.

Bank rekvizitlari:

(bank bo‘limi nomi, MFO va hisobvarag‘i)

 

5.

Telefon raqami:

 

6.

Elektron pochta manzili:

 

7.

Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan losos, forel va osyotr baliqlari (kg)

 

8.

Xo‘jalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan boshqa turdagi baliqlar (kg)