O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
738 17-06-2022

“Respublikamizda takroriy muddatlarda, boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarda don-dukkakli, moyli, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish va parvarishlash” bo'yicha seminar-trening o'tkazildi.
Фотография новости

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori A.To'raev 2022 yil 15 iyun kuni tasdiqlagan “Respublikamizda takroriy muddatlarda, boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarda don-dukkakli, moyli, sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish va parvarishlash” bo'yicha ko'rgazmali o'quv-amaliy seminar Dastur asosida joriy yilning 16 iyun kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining Qishlok  xo'jaligida bilim va inovatsiyalar  tizimini rivojlantirish  boshkarmasi bilan kelishilgan holda O'simliklar genetik resurslari ITI, Sholichilik ITI, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITIlari ma’ruzachi olimlari belgilangan muddatda Qoraqalpog'iston Respublikasiga kelib ulgura olmaganligi sababli o'quv-amaliy seminar ZOOM platformasi orqali tashkil etildi. Seminar S.Shamshetov rahbarligida olib borilib, barcha tuman qishloq xo'jalik bo'limlari hamda tumanlar kesimida jami 1000 dan ziyod klaster va fermer xo'jaligi rahbarlari qatnashib, qishloq xo'jalik ekinlaridan bo'shagan maydonlarda takroriy ekinlarni ekish va yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha O'simliklar genetik resurslari ITI olimi H.Hasanov, Sholichilik ITI direktori M.Sattorov, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI direktori R.Nizomov va ilmiy xodimi F.Rasulov tomonidan tavsiya va ko'rsatmalar berildi. Seminar davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jalik vazirligi hamda seminar ishtirokchilari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida takroriy ekin ekishni to'g'ri olib borish, ilmiy asoslangan tavsiyalarni joylashtirish, fermerlar murojaatini o'rganish, ko'rsatmalar berish maqsadida Respublika klaster va fermerlari uchun telegram guruhi ochib doimiy ravishda konsultatsiyalar berib borishga kelishib olindi.