2025-yil 4-yanvar kuni Kegeyli tumanida “Qishloq xoʻjaligida 2025 yil hosili uchun yanvar-fevral oylarida amalga oshiriladigan tadbirlar” mavzusida koʻrgazmali seminar tashkil etildi.
Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman hokimligi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi, Suv yetkazib berish DM, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman oʻsimliklar himoyasi va karantini agentligi boʻlimi hamda barcha yoʻnalishdagi klaster va fermerlar ishtirok etishdi.
Seminarda QR AKIS markazi direktori B.Annakulov soʻzga chiqib,
✅ 2025 yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy goʻng chiqarish, sugʻorish;
✅ Ichki ariq va kanallarni tozalash, betonlashtirish;
✅ Dala madaniyatini oshirish, daraxtlarga shakl berish;
✅ Koʻchatchilikni rivojlantirish uchun issiqxonalarni qurish;
✅ Qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini ta’mirlash hamda bahorgi ekish mavsumiga soz holatga keltirish tartiblari boʻyicha tavsiyalar berdi. Seminar davomida soha mutaxassislari mavzu doirasida oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Seminar yakunida QR AKIS markazi tomonidan sohadagi ilmiy-tadqiqot institut olimlarini jalb qilgan holda ishlab chiqilgan tavsiyanomalar fermerlarga tarqatildi.