O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
3476 23-03-2022

Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazining vazifalari va funktsiyalari
Фотография новости

Quyidagilar Agroxizmatlar markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:


Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) konsepsiyasini amalga oshirish;

Yangi ilmiy ishlanmalar, innovatsiyalar hamda raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish;

Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik sub’ektlariga hududlarda agro maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy asoslangan tavsiya va xulosalarni berish;

Qishloq xo‘jaligida davlat va xususiy sektorni keng jalb etgan holda bilim, malaka va ko‘nikmalarning samarali almashinuvi hamda uzatilishini ta’minlaydigan milliy axborot va maslahat xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish;

Xududlardagi agromaslahat resurslarini muvofiqlashtirish va boshqarish;

“Agrobank” ATBning hududiy bo‘limi bilan birgalikda Agroxizmatlar markazi orqali mavjud infrastrukturadan unumli foydalangan holda integratsiyalashgan agromaslahat xizmatlarini tashkil etish;

Barcha hududlardagi dehqon va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan agromaslahat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

Tuman agromaslahatchi xodimlarini tanlash, malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish;

Mahalliy ekspertlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, joylarda maslahat va trening o‘quv-kurslarini tashkil etish;

Dala tajribalarini fermerlarga va tomorqa yer egalariga joyida namoyish etish hamda yangi texnologiya va vositalarni targ‘ib etish;

Innovatsion texnologiyalarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etilishini ta’minlash uchun hududlarda seminarlar tashkil etish, xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etishga ko‘maklashish;

Tuman darajasida xizmatlar ko‘rsatishni boshqarish va nazorat qilish, ularning samarali monitoringini, baholashni, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini va xizmatlarni doimiy ravishda yaxshilashni o‘rganishni ta’minlash.


Agroxizmatlar markazi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga hisobot topshiradi.