BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakilligi bilan memorandum asosida 2023-yil 20-may kuni “Mahalliy aholining barqarorligini oshirish va Orolbo‘yi mintaqasining eng zaif aholi qatlamlarini yashil, inklyuziv rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida “Zamonaviy asalarichilikning dolzarb masalalari” mavzusida Xalqaro Asalarichilik bo‘yicha ekspertlar Andreeva Natalya Petrovna, Rossiya boshqaruv va agrobiznes muhandislik akademiyasi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, Popova Natalya Leonidovna, Kostachev nomidagi Ryazan qishloq xo‘jaligi universiteti, asalarichi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Asalarichilar uyushmasi raisi, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali mutaxassislari, asalarichilik xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida ilmiy-amaliy yig‘ilish o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Markazimiz mutaxassislari G. Nurbekova, J.Nizanov va M.Saparniyozovlar so‘zga chiqib, asalari oilalarini parvarishlash, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud muammolarning yechimi sifatida tavsiyaviy qo‘llanmalar, brosh’yuralar tayyorlanib, bosma va elektron shaklda tarqatilib borilayotganligiga to‘xtalib o‘tildi. Yig‘ilish so‘ngida aholi, asalarichilikka qiziquvchi va asalarichilik xo‘jaliklarining bilim va malakasini oshirish, Rossiya tajribasini o‘rganish va joriy qilish bo‘yicha QR AKIS tomonidan ishlab chiqilgan Dastur asosida o‘qitilishiga kelishib olindi.