O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
533 19-08-2022

Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida anomal issiq haroratdan g'o'zani saqlash, agrotexnika tadbirlarini barcha hududlarda amalga oshirish bo'yicha olimlar va soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tuzildi.
Фотография новости

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 27 iyul kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishi topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida 2022 yil 30 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev tasdiqlagan (01-09/8-07/767-son) Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlarida anomal issiq haroratdan g'o'zani saqlash, agrotexnika tadbirlarini barcha hududlarda amalga oshirish bo'yicha joriy yil 1 avgustdan 30 avgustgacha «Dolzarb 30 kunlik»da amalga oshiriladigan tadbirlar bo'yicha ish rejasi asosida olimlar va soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tuzildi.

Qoraqalpog'iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda Dolzarb 30 kunlikda amalga oshiriladigan tadbirlar hamda Respublikamizda kuzatilayotgan anomal issiq haroratning g'o'zaga salbiy ta’sirini yumshatish, yetishtirilgan hosilni saqlab qolish va hosilga-hosil qo'shish maqsadida Qorao'zak tumanidagi paxta-to'qimachilik klasterlari va fermer xo'jaliklariga tushuntirish ishlari olib borildi hamda ilmiy asosda tayyorlangan tavsiyalar tarqatildi.