O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
617 12-08-2022

Sholi ekinlarini oziqlantirish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda samarali vositalardan foydalanish bo’yicha seminar tashkil etildi.
Фотография новости

Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida joriy yilning 11 avgust kuni Don va sholi IIChB tajriba xo'jaligida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Agrar, suv xo'jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo'mitasi raisi D.Utambetov, “Urug'chilikni rivojlantirish markazi” DM Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasidan sohada mas’ul bo'lgan xodimlari, Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi boshlig'i R.Bekniyazov hamda Nukus tumani klaster va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida sholi ekinlarini oziqlantirish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishda samarali vositalardan foydalanish, shuningdek, urug'lik sholi maydonlarini navga xos bo'lmagan o'simliklardan tozalash, yuqori sifatli urug'lik sholi yetishtirishda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish maqsadida ko'rgazmali dala seminari tashkil etildi. Seminarni Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi direktori o'rinbosari B.Seitmusaev ochib berib, qishloq xo'jaligida ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlashda AKISning ahamiyatiga to'xtalib o'tdi hamda xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda sholining urug'chiligini samarali yo'lga qo'yish, yuqori hosildorlikka erishish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani va bu ishlar o'z samarasini berayotganligini aytib o'tdi. Bundan so'ng Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari B.Qodirov va N.Otamirzaevlar Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi olimi O.Abillaev, shuningdek sohaga doir mutaxassislar tomonidan sholidagi asosiy kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari hamda urug'lik uchun ekilgan sholi maydonlarini aprobatsiyadan o'tkazish va xujjatlashtirish bo'yicha seminar qatnashchilariga ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.

Seminar so'ngida qatnashchilar, Birlashmaning tajriba xo'jaligida Qoraqalpog'iston tuproq-iqlim sharoitida, qurg'oqchilik va sho'rlanishga chidamli qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish loyihalari doirasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishtirilib, ushbu o'simliklarni innovatsion usullardan foydalangan holda yetishtirish agrotexnologiyalari bo'yicha fermer xo'jaliklariga ma’lumotlar berildi.