O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
557 02-06-2022

O’simliklar klinikalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari.
Фотография новости

O‘zbekistonda o‘simliklarning agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlovini amalga oshirish uchun shu kunga qadar respublikaning barcha hududlarida 420 dan ziyod O‘simliklar klinikalari tashkil etildi. Foydalanilmayotgan bo‘sh turgan binolar va xonalar «O‘zdavkarantin» inspeksiyasi bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar asosida o‘simliklar klinikalarini tashkil etish uchun «nol» harid qiymati bo‘yicha sotilishini yoxud uzoq muddatga bepul foydalanish uchun berilishini ta’minlash belgilangan.

Bundan tashqari mazkur xujjatga ko‘ra, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan O‘simliklar klinikalariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

· zararsizlantirish bo‘yicha kamida to‘rt nafar kishidan iborat otryadlar tashkil etish hisobiga o‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatish;

· qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalari, o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha vositalar, shu jumladan:

feromon tutqichlar;

zararkunandalarga qarshi kurashish uchun biomaxsulotlar;

girbitsitlar, fungitsidlar, instektitsidlar, instektoakaritsidlar,

nematotsidlar va biopreparatlar bilan ta’minlash;

· uzluksiz sotishni ta’minlash uchun kimyoviy, biokimyoviy, biologik, mexanik vositalar, priborlar va preperatlarning minimal assortimenti majburiy mavjud bo‘lishi;

· binolar va xonalarga qo‘yiladigan ekologik talablar, sanitariya normalari, qoidalari va gigenik normativlarga rioya qilish;

·   zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlarni aniqlash uchun tegishli laboratoriya uskunasi, inventar mavjud bo‘lishi, shuningdek, o‘simliklarga ishlov berish uchun kimyoviy, biokimyoviy va biologik vositalarni tayyorlash hamda qadoqlash.

Yuqorida keltirilgan talablarning nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ularda o‘simliklarning zararlanish darajasini aniqlash hamda uning oldini olish, chidamli ekin turlarini ekish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga qarshi samarali (biologik, kimyoviy) kurashish choralarini ko‘rish, aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlar sifatini bo‘yicha tavsiyalar berish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

O‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan ta’minlash va to‘g‘ri ishlov berish o‘simliklar klinikalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.