O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
255 08-04-2026

Agrar sohada konsalting va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha seminar-trening
Фотография новости

24 mart kuni QR AKIS markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi konsaltingi va agrotadbirkorlikda kommunikatsiya tushunchasi mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda konsultant-trener tomonidan hududlarda seminar-trening o‘tkazish uchun tarqatma ilmiy tavsiyanoma va prezentatsiyalar tayyorlash, trening davomida fasilitatsiya va monitoring usullari, sohadagi agrobiznesni rivojlantirish, marketing va huquqiy asoslar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar davomida tuman agromaslahatchilari qishloq xo‘jaligida ilm va ishlab-chiqarish integratsiyasi ta’minlash maqsadida konsalting va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xususan fermerlarga agromaslahat berish, agrotadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarda seminar-trening tashkil etish tartiblari bo‘yicha o‘zaro fikr va tajribalar almashildi.