2022 yil 14 iyun kuni Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba dalasida Nukus tumani qishloq xo'jaligi bo'limi xodimlari, Birlashma olimlari hamda Nukus tumanidagi 18 fermer xo'jaliklari ishtirokida “sug'oriladigan maydonlarda sholi yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish” bo'yicha ilmiy amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda suvni tejashda lazerli tekislagichdan foydalanishning ahamiyati bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilib, fermer xo'jaliklari o'zlarining qiziqtirgan savollariga olimlar va mutaxassislar tomonidan tegishlicha javob oldilar.