O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2026 yildagi PQ-87-son Qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:
pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari mol-mulk solig‘i hamda ular egallagan yer uchastkalari yer solig‘idan ozod qilinadi;
ipakchilik faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 70 foizini tashkil etgan ipakchilik korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz miqdorida belgilanadi;
ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada belgilanadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar ipak qurti urug‘larini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining mazkur faoliyatdan olgan daromadi daromad va ijtimoiy soliqlarning soliqqa solish obyekti sifatida hisoblanmaydi.