O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
139 02-12-2025

Chorvachilik va veterinariya sohasini qo'llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati hamda xorijiy tajribalarni o'rganish bo'yicha seminar-trening tashkil etildi
Фотография новости

Bugun Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-XDFU-sonli va 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarorlari bo‘yicha belgilab berilgan imtiyozlar, maqsadlar va ustuvor vazifalarni jamoatchilikka yetkazish hamda O‘zbekiston-Germaniya dasturining vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining tuman, hududlar mutaxassislari hamda agromaslahatchilari uchun "Zootexniya, veterinariya, yem-hashak ekinlarini yetishtirish, chorva mollarini to‘g‘ri oziqlantirish va ozuqa sifatini tahlil qilish" mavzularida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Teshayev, tegishli vazirlik, qo‘mita va idoralar, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etildi.

Seminar-treningda dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Sh.Teshayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-334-XDFU-sonli va 2025-yil 31-oktabrdagi PQ-322-sonli qarorlari bo‘yicha belgilab berilgan imtiyozlar, maqsadlar va ustuvor vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, sohada yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish, xorijiy tajribalarni o‘rganish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston-Germaniya iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ekspertlar muloqoti dasturi rahbari Anton Van Engelen – Zootexnika, Veterinariya, Chorva mollarini to‘g‘ri oziqlantirish va ozuqa sifatini tahlil olish bo‘yicha, Dastur bosh agronomi Saidahmad Sherimbetov - Yem-xashak ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar qildi.

Seminar yakunida Veterinarya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tuman mutaxassislari va QR AKIS tuman maslahatchilari xorijiy tajriba va innovatsiyalar bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.