O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi agroxizmatlar markazi
O'z Qq Ру En
66 12-03-2026

Yerlarning sho‘rini yuvishda suv berish tartibi va hajmi bo‘yicha tavsiyalar
Фотография новости

1. Sho‘rlangan yerlarning sho‘rini yuvishni amalga oshirishdan oldin
✅dala tuprog‘i sho‘rlanishini
✅tuproq mexanik tarkibini
✅sho‘r yuvishda foydalanilgan suvning chiqarib
yuborilishini, ya’ni drenajning ishchi holatini
✅sizot suvlarining chuqurligini
aniqlash hamda sho‘r yuvish texnologiyasini
to‘g‘ri tanlash zarur.
2. Sho‘r yuvishni sizot suvlari chuqur joylashgan davrlarda olib borish lozim.
3. Bundan tashqari, kuzda yerni chuqur yumshatish kerak yoki plantaj haydashni amalga oshirish mumkin.
4. Sho‘rlanmagan va kuchsiz sho‘rlagan yerlarda bahorda yaxob suvi berishning o‘zi yetarli, bunda suv hajmi, tuproqning mexanik tarkibiga (g‘ovakliligi) va sizot suvlarining xolatiga bog‘liq bo‘lgan aeratsiya zonasining erkin hajmiga qarab aniqlanadi.
Tavsiyalar Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston mintaqaviy markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi.