📈Xizmat ko‘rsatish yanada rivojlantiriladi
✅Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi va BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakolatxonasi 2022-yildan beri qishloq xo‘jaligida yaratilgan ilmiy ishlanmalarni yanada keng joriy etish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish, aholi va fermerlarning bilimini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish maqsadida dala sharoitida foydalanish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ko‘chma (mobil) laboratoriya asbob-uskunalari keltirilgan.
🔰Shu yilning 28-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining Qoraqalpog‘istondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu zamonaviy mobil laboratoriya uskunalaridan foydalanish tartiblari bo‘yicha tuman agromaslahatchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.
▶️Seminar-treningda mutaxassislar tomonidan
✅tuproq tahlilidagi - namlik va harorat, azot, fosfor, kaliy, gumus miqdori, pH va sho’rlanish darajasi
✅oziq-ovqat tahlilidagi - tuzlar, nitratlar va pH darajasini aniqlashda
qo‘llaniladigan mobil laboratoriya asbob-uskunalarining tavsifi, foydalanish usullari, reagentlarni qo‘llash tartiblari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
🟢Seminar-trening davomida tuman agromaslahatchilari kelajakda qishloq xo‘jaligi subyektlariga xizmat ko‘rsatish jarayonida dala sharoitida tuproq, suv, oziq-ovqat tahlilini o‘tkazish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.