Joriy yilning 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2025-yildagi 10-sonli Farmoni tegishli bandi ijrosi yuzasidan Kegeyli tumanida joylashgan Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi tajriba xo‘jaligida tashkil etilgan namunaviy dala maydonida bog‘dorchilikda innovatsion texnologiyalar mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Seminarda QR AKIS markazi mutaxassislari tomonidan Farmonning mazmun-mohiyati, namunaviy dala tashkil etish tartiblari, bog‘dorchilikni rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan belgilangan subsidiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida sifatli ko‘chat va mevalarni tijoratlashtirish yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi.
Seminar davomida ITS mutaxassislari tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan tashkil etilgan namunaviy daladagi uzum, o‘rik, olma meva ko‘chatlarining holati, agrotexnik tadbirlar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Bundan tashqari fermerlar uchun ko‘chat o‘tqazishga yerni tayyorlash, ko‘chat o‘tqazish, oziqlantirish, kasalllik va zarakunandalariga qarshi kurashish, meva bog‘lariga shakl berish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida fermerlarga meva bog‘larida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyanomalar tarqatildi.